So`ngi yangiliklar
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Navoiyliklar nimadan norozi?
O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi
Bu haqda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xabar berdi.

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan “Samo” MCHJ korxonasi litsenziyasi vaqtinchalik to‘xtatildi.
2023-yilning sentyabrida “Samo” korxonasining farmatsevtik faoliyati bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi. Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining maʼlum qilishicha, o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, korxona tomonidan qo‘pol qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘yilgani aniqlanib, 2023-yil dekabrida “Samo” MCHJ litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida markaz tomonidan sudga daʼvo arizasi kiritilgan.
Namanganda yuz bergan zaharlanish holati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv-tergov harakatlari olib borilayotgani sababli mazkur iqtisodiy ish bilan bog‘liq sud, Bosh prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi iltimosnomasiga ko‘ra 2024-yil 19-yanvarda to‘xtatildi.
Aholining hayoti hamda sog‘lig‘i uchun tahdid yuzaga kelishining oldini olish maqsadida, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining yuqoridagi iqtisodiy ish bo‘yicha yakuniy sud hujjati qabul qilinguniga qadar “Samo” MCHJning litsenziyasini to‘xtatib turish to‘g‘risida Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan iltimosnomasi sudning tegishli ajrimiga muvofiq qanoatlantirildi.
“Samo” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tegishli (dori vositalarini ishlab chiqarish uchun 2020-yil 30-martda berilgan) 15571-sonli litsenziyaning amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatildi.



