So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Surxondaryoda tergovchilar fuqaroni qiynadimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Tergovchilar meni elektr toki bilan qiynashdi” nomli xabar tarqaldi. Holat boʻyicha Surxondaryo viloyati prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Aniqlanishicha, Boysun tumanida yashovchi fuqaro A.A. oʻzining murojaatida jiyani M.A.ni joriy yilning 10-yanvar kuni tuman IIB xodimlari urib tan jarohati yetkazganligini maʼlum qilgani holati yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro M.A.ning 10.01.2024-yilda tuman IIB binosiga kirib chiqqanligi tegishli tartibda qayd qilinganligi, uning kelishi va binoni tark etishi hamda soʻrov-suhbatxonasida suhbat oʻtkazish jarayonlari tushirilgan video tasvir protsessual tartibda rasmiylashtirib olinib, koʻzdan kechirilganda, fuqaro M.A. sogʻlom holatda kelib, sogʻlom holatda IIB binosini tark etganligi aniqlangan.
Shuningdek, viloyat IIB tomonidan holat boʻyicha oʻtkazilgan idoraviy xizmat tekshiruvi xulosasiga koʻra, tuman IIB xodimlarining harakatlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlanmagan.
Bundan tashqari, sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvi davomida fuqaro M.A.ning badanidagi yengil tan jarohati yetkazilgan vaqti fuqaro bayon qilgan vaqtga mos kelmasligi koʻrsatib oʻtilgan.
Tergovga qadar tekshiruv natijasiga koʻra, biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.