So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qoraqalpog‘iston va Хorazm uchun "bayram tuhfasi"
Navro‘z bayramida Qoraqalpog'iston va Xorazmda 7950 ta iste'molchi elektrsiz qoldi.
Sovuq ob-havo, kuchli shamol va yogʻingarchiliklar boshlanishi bilan yurtimiz energiya tizimida turlicha “falajlanishlar” yuz berishi yildan-yilga oddiylashib, odatiylashib bormoqda. Kecha, 20-mart kuni soat 22:30 da Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kuchli yomg‘ir va qattiq shamol sabab minglab xonadonlar elektr ta’minotisiz qolgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6-10 kVli 5 ta, Xorazm viloyatida esa 9 ta elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. Buning oqibatida Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l, Taxiatosh va Qo‘ng‘irot tumanlarida istiqomat qiluvchi 1 ming 200 ta, Xorazm viloyatining Gurlan, Qo‘shko‘pir, Urganch hamda Xonqa tumanlarida istiqomat qiluvchi 6 ming 750 ta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan.
“Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (qattiq shamol va kuchli yomg‘ir) sharoitiga qaramasdan, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklar bartaraf etilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi Energetika vazirligi xabarida. Ma'lumot uchun, bundan bir oy avval ham Samarqand viloyatining Samarqand, Pastdarg‘om, Bulung‘ur, Jomboy, Toyloq va Payariq tumanlarida 35 mingta, Buxoro viloyatining Romitan, Buxoro, Olot, Kogon hamda Jondor tumanlarida 15 mingta, Jizzax viloyatining Baxmal tumanida 700 ta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilib qolgandi.