So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkent viloyatida 7 yoshli qiz oʻz ammasi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etdi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi.
Hozirda 1989-yilda tugʻilgan ayol ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Toshkent viloyatida 7 yoshli qizcha oʻz ammasi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etdi.
Toshkent viloyati Boʻka tumanida yashovchi 1989-yilda tugʻilgan fuqaro I.N. 2023-yilning 22-noyabrida Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi voyaga yetmagan jiyanlari - 2011-yilda tugʻilgan A.M. va 2017-yilda tugʻilgan A.Ch.ning otasi T.A. va onasi T.M. Rossiyaga ketganligi sababli, oʻzi tarbiyalab kelayotgan jiyanlariga nisbatan oʻzini vasiy etib tayinlashni soʻrab, Bekobod tumani hokimi nomiga ariza bilan murojaat qilgan.
Bekobod tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasining tibbiy koʻrik xulosasiga koʻra, fuqarolar A.M. va A.Ch. hamda I.N. jismonan va ruhan sogʻlom ekanligi koʻrsatilgan.
Yuqoridagi xulosalarga asosan, fuqaro I.N. Bekobod tumani hokimining 2023-yil 15-dekabrida voyaga yetmaganlar A.M. va A.Ch.ga nisbatan vasiy tayinlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan.
Joriy yilning 12-mart kuni kech soat 20:00 larda Boʻka tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga voyaga yetmagan A.Ch.ning ammasi I.N. tomonidan kaltaklangani natijasida shifoxonaga tushganligi haqida xabar kelib tushgan.
Mazkur holat boʻyicha Markaziy shifoxonaga borib oʻrganilganda, voyaga yetmagan A.Ch.ning jonlantirish boʻlimida yotganligi aniqlangan. Tibbiyot xodimlarining olib borgan saʼy-harakatlariga qaramay A.Ch. joriy yilning 15-mart kuni vafot etgan.
Hozirda fuqaro I.N. ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan hamda Ichki ishlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.