So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Bayram kunlari havo harorati keskin pasayib ketadi
Oʻzgidromet 21-27-mart kunlari ayrim hududlarda qor koʻchishi xavfini eʼlon qildi.
Maʼlum qilinishicha, 21-mart kuni A-373 “Toshkent – Oʻsh” avtoyoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan qismida qor yogʻishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yogʻingarchilik va tuman kuzatilishi, koʻrinuvchanlik 50 m. gacha pasayishi, shamol tezligi 18 – 23 m/s gacha kuchayishi natijasida avtoyoʻlda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.
2024-yil 21 27-mart kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.