So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Prezident “Muruvvat” uyidagi bolalar holidan xabar oldi
Davlat rahbari nogironligi boʻlgan bolalar uchun 1-sonli “Muruvvat” internat uyini borib koʻrdi.
Oʻzbekiston – ijtimoiy davlat. Bu xalqimizning azaliy qadriyatlariga, bugungi insonni qadrlash tamoyiliga mos. Soʻnggi besh yilda “Muruvvat” uylariga davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar 3 barobardan ziyod oshgan. Ulardagi xodimlar va oʻrinlar soni ham koʻpaytirilgan.
Aholiga sifatli xizmat va yordam koʻrsatish maqsadida oʻtgan yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgan edi. Pansionat, reabilitatsiya markazi kabi koʻplab ijtimoiy muassasalar qatori “Muruvvat” uylari ham ushbu agentlik tizimiga oʻtkazildi.
Oʻtgan yili bunday muassasalar uchun davlat byudjetidan 624 milliard soʻm ajratildi. Shuningdek, ularni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash uchun avvalgiga qaraganda ikki barobardan ortiq mablagʻ berilmoqda.
Ilgari “Muruvvat” uylari oʻrtasida hamkorlik boʻlmagan. Hozir ular oʻzaro fikr almashib, samarali usullarni, taʼlimdagi tajribalarni tatbiq etmoqda.
Davlat gʻamxoʻrligi natijasida Toshkentdagi ushbu “Muruvvat” uyi ham yangi qiyofaga kirdi. Qoʻshimcha bino qurilib, eski binolar kapital taʼmirlandi. Yozgi sport zali, nogironlarni parvarishlash va jismoniy davolash boʻlimlari, tibbiyot va mashgʻulot xonalari, faollar zali, kutubxona, yotoqxona va oshxona butunlay yangilandi. Har bir boʻlim, maxsus xonalar talab darajasida jihozlandi. Harakatlanishi qiyin bolalar maxsus aravachalar bilan taʼminlandi.
Muassasada ruhiyatida sezilarli nuqsoni bor 4 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatiladi. Bugungi kunda 299 nafar oʻgʻil-qiz vasiylikka olingan. Ularga 334 nafar xodim, jumladan, malakali pedagog, defektolog va shifokorlar yordamlashmoqda.
Shavkat Mirziyoyev bolalarning mashgʻulotlarini birma-bir kuzatdi. Ular bilan suhbatlashib, mehrini izhor qildi. Sharoitlarni yaxshilab, qulayliklar yaratib, nogironligi borlarning iloji boricha hayotda oʻrin topishiga koʻmak koʻrsatilishini aytdi.
Prezidentimiz bunda ijtimoiy xizmat xodimlari ishini eʼtirof etib, bolalarga mehr-muruvvati uchun minnatdorlik bildirdi.
– Bolalarimizga yaxshi qarayotganingiz uchun katta rahmat sizlarga. Bu ogʻir mehnat, lekin juda savobli va kerakli mehnat, – dedi davlat rahbari.
Bolalarni imkon qadar reabilitatsiya qilish va hayotga moslashtirish, ota-onalarga psixologik yordam berish masalalari boʻyicha fikr almashildi. Soʻnggi yillarda imkoniyat va tizim paydo boʻlgani, boshqa ijtimoiy muassasalardagi sharoitlarni ham yaxshilash zururligi taʼkidlandi.
Endilikda “Muruvvat” uylari zamonaviy reabilitatsiya jihozlari bilan taʼminlanib, oʻz ishini yangi konsepsiya asosida yoʻlga qoʻyadi. Unga koʻra, bolalar individual rivojlanish dasturlari asosida jamiyatga integratsiya qilinadi. Barcha “Muruvvat” uylarida uchrashuv xonalari tashkil etiladi.
Shuningdek, “Qoʻllab-quvvatlash klublari” tuzilib, malakali mutaxassislar vasiylarga nogironligi boʻlgan bolani parvarishlash, oila sharoitida tarbiyalash va jamiyatga moslashtirish boʻyicha bilimlar beradi. Alohida taʼlimga tavsiya berilmagan, ogʻir darajadagi kasalliklari mavjud bolalar uchun “Gʻamxoʻrlik guruhi” tashkil etiladi. Barcha hududiy reabilitatsiya markazlarida nogironligi boʻlgan bolalar uchun shunday xizmatlar yoʻlga qoʻyiladi.
Muassasaning qozonxonasi va muhandislik tarmoqlari ham toʻliq yangilangan. Hududga manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekilib, tashqi yoritish chiroqlari oʻrnatilgan, yoʻlaklar asfaltlangan.
Muborak Ramazon oyida bemorlar holidan xabar olish, insonlarga yanada mehr-eʼtibor koʻrsatish xalqimizning ezgu qadriyatidir.