So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Antikorrupsiya agentligi bir mlrd soʻmlik toʻrtta davlat xaridini bekor qildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masofaviy monitoring tartibidagi oʻrganishlarida umumiy qiymati 1 milliard soʻmdan ortiq boʻlgan quyidagi davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Jumladan:
Angren shahar Obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligidagi 200 million soʻmlik;
Jarqoʻrgʻon tuman hokimligi buyurtmachiligidagi 309 million soʻmlik;
Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligidagi 300 million soʻmlik;
Urganch ixtisoslashtirilgan maqom sanʼati maktab-internati buyurtmachiligidagi 371,1 million soʻmlik davlat xaridlari.
Agentlikning taqdimnomalariga binoan yuqoridagi davlat xaridlari boʻyicha xarid komissiyasining bayonnomalari bekor qilindi, shuningdek, toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.