So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Buxoroda soxta pul ishlab chiqargan yigitlar 5-yilga qamaldi
Ular 100 va 200 ming soʻmlik kupyuralarni jami 10 mln soʻm mablagʻni qalbakilashtirgan.

Avvalroq, Buxoroda pullarni qalbakilashtirgan bir guruh yoshlar qoʻlga olingan edi. Maʼlum qilinishicha, Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida yashovchi yigitlar 100 va 200 ming soʻmlik kupyuralarni oʻz xonadonida qalbakilashtirib, muomalaga kiritishga uringan. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar qildi.
Jinoiy guruh 19 dona 100 ming soʻmlik jami 1 mln 900 ming soʻm pul kupyuralari, 49 dona A4 formatidagi qogʻozlarda 98 dona qiymati 100 ming soʻmlik jami 9 mln 800 soʻm pul kupyuralarini printer yordamida qalbakilashtirganligi aniqlangan.
20-21 yoshli yigitlarni sud kursiga yetaklagan ushbu jinoiy ish JIB Gʻijduvon tumani sudida ochiq sud majlisida koʻrib chiqildi. Sud hukmiga koʻra, ularga nisbatan JKning 59-61 moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan, 5-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.



