So`ngi yangiliklar
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi bosqich: islohotlar va imkoniyatlar
Turkiya turizm boʻyicha dunyoda 4-oʻringa chiqdi
Turkiyaning sehrli suv osti dunyosi haqida nimalar maʼlum?
“Strongmen Games”: Kuchlilar aniqlandi
Turkiyadagi eng maftunkor yaxta manzillari
“Oʻzlaringizga yaxshi boʻlmaydi” – Oqdaryo hokimligi fermerlar pilla rejasini topshirishga majbur ekanligini aytgan “zam” hokimning harakatlarini oqlab chiqdi
Botir Zaripov noqonuniy holatlarning oldini olishni maqsad qilgan – Buxoro hokimligi munosabat bildirdi
“Nevaramning chet elda oʻqishi uchun qanday pul topsam deb uyqularim qochadi” – olmaliqlik faol “Umid” fondi yopilganidan ranjib, yangi taklif bilan chiqdi
Avtobusda shahar aylangan Transport vaziri Prezidentga hisobot berdi
Ikki temir yoʻlning qurilishi Oʻzbekistonning transport kommunikatsiyalarini diversifikatsiya qilib, logistika imkoniyatlarini karrasiga kengaytiradi.

Bugun, 16-dekabr kuni Transport vaziri Ilhom Mahkamov Prezident Shavkat Mirziyoyevga temir yoʻl sohasidagi yirik xalqaro loyihalarning amaldagi holati va kelgusi rejalar yuzasidan axborot berdi.
Oʻzbekiston uchun transport yoʻlaklarini diversifikatsiya qilish, jahon bozorlariga tez va erkin chiqish juda muhim. Shu bois davlat rahbari xalqaro anjumanlarda bu masalani doim koʻtarib, amaliy tashabbuslarni ilgari surmoqda.
Ulardan biri 454 kilometrlik “Oʻzbekiston – Qirgʻiziston – Xitoy” temir yoʻli qurilishidir. Maʼlumki, joriy yil 14-sentyabrda Samarqandda bu loyiha boʻyicha uch tomonlama Anglashuv memorandumi imzolangan edi.
Noyabr oyida Xitoyning “Birinchi loyiha-tadqiqot instituti” tomonidan dala tadqiqot ishlari olib borildi. Hisobot davomida rejadagi ishlar toʻgʻrisida ham aytib oʻtildi. Xususan, Bishkek shahrida loyiha ofisi tashkil etiladi.
Loyihani boshqarish uslubi va tartibi muhokama qilinadi. Xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralar oʻtkaziladi. Umuman, 1-iyungacha loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash rejalashtirilgan.
Sohadagi yana bir mintaqaviy loyiha “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yoʻlidir. Afgʻonistondagi murakkab vaziyatga qaramay, bu borada ham sezilarli siljishlar bor.
Xususan, joriy yil yozda Afgʻonistonning Mozori-Sharif shahridan Pokistonning Torxam shahrigacha tadqiqot ekspeditsiyasi oʻtkazildi.
Qayd etilganidek, loyiha doirasida 765 kilometr temir yoʻl qurilishi moʻljallanmoqda. Kelgusi yili bu boʻyicha loyiha ofisi tashkil etish, xalqaro konsalting kompaniyasini jalb qilish, investorlar bilan muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan. Shulardan kelib chiqib, loyihaning texnik-iqtisodiy asosi tayyorlanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bu rejalarni maʼqullab, hamkor mamlakatlar bilan “yoʻl xaritalari” ishlab chiqish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Bu ikki temir yoʻlning qurilishi Oʻzbekistonning transport kommunikatsiyalarini diversifikatsiya qilib, logistika imkoniyatlarini karrasiga kengaytiradi.



