So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Fargʻonada “Agrobank” mansabdorlari 3 mlrdga yaqin pulni talon-taroj qilgani maʼlum boʻldi
“Agrobank” ATB Fargʻona filiali boshqaruvchisi X.O, filial Buxgalteriya hisobi va hisoboti boʻlimi bosh buxgalteri A.T, filial boshqaruvchisi oʻrinbosari – Front ofis boshligʻi M.A va kassir Sh.Blar oldindan til biriktirib, bir guruh boʻlib, omonatchi Z.Zning xabarisiz uning 600 000 000 soʻm mablagʻini boshqa maqsadlarda chiqim qilishib, omonatchining plastik kartasiga oʻzlarining pullaridan bank orqali oyma-oy pul oʻtkazishib, oʻzganing juda koʻp miqdordagi mablagʻini oʻzlashtiran.
Shuningdek, ular kunlik kassa hujjatlari maʼlumotlarini soxtalashtirishib, bankning juda koʻp miqdordagi 1 mlrd 853 mln soʻmini;
“Fergana-Oseana” MCHJ xorijiy korxonasining hisob-raqamidan MCHJ masʼul shaxslarining xabarisiz 2023-yil 29-mayda 1 mlrd 582 mln soʻm naqd pullarni chiqim qilishib, kunlik kassa hujjatlari maʼlumotlarini soxtalashtirishib, oʻzgani juda koʻp miqdordagi 1 mlrd 582 mln soʻmini oʻzlashtirib va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilishgan;
bank mijozlari tomonidan 2023-yil iyun oyiga qadar hisob-raqamlariga kirim qilish uchun aslida topshirilmagan naqd pullarni kirim qilishib, kirim qilingan naqd pullarni esa pul omboriga yoʻnaltirishmasdan, jami 482 mln 920 ming soʻmni oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilingan va bu pullarni naqd shaklda mijozlarga kassa terminallari orqali berib, plastik kartalarga xizmat koʻrsatilganligini aks ettirishib, davlat va jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazganlikda aybli deb topilgan.