So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Siz javobgarsiz” — Isroilda namoyishchilar Netanyaxuning kortejini toʻsishdi
Isroilda namoyishchilar Bosh vazir Benyamin Netanyaxu kortejini toʻsishga harakat qilishdi. Isroil shimolidagi Kesariya shahridagi hukumat rahbarining shaxsiy qarorgohi yaqinida Isroil bayroqlari bilan 2 mingga yaqin namoyishchilar yigʻildi.
Namoyishchilar Netanyaxu hukumatini tanqid qiluvchi banner va plakatlarni koʻtarib, “Siz javobgarsiz”, “Hozir keting”, “7-oktyabr voqealari uchun siz javobgarsiz” degan shiorlarni aytishdi. Kortej qarorgohni tark etar ekan, namoyishchilar mashinalarni toʻsishga harakat qilishgan.
Bosh vazirning xavfsizligini taʼminlaydigan tansoqchilar namoyishchilarni kortejga yoʻl ochishga majbur qildi.Namoyishchilar shundan soʻng qirgʻoq boʻyidagi yoʻl boʻylab qarorgohga borishga harakat qilishdi, biroq hududga joylashtirilgan politsiya ularga ruxsat bermadi. Isroil politsiyasi toʻrt nafar namoyishchini hibsga oldi.
Eslatib oʻtamiz, shanba kuni Isroil boʻylab Gʻazo sektoridan isroillik mahbuslarni qaytarish, Netanyaxu hukumatining isteʼfosi va muddatidan oldin saylovlar oʻtkazish talabi bilan namoyishlar boʻlib oʻtdi.