Qidirish

02:05 / 2024-03-16 1612 0 Siyosat

Qahramon Sariyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Navoiyda!

Shu kunlarda davlat rahbari topshirigʻiga asosan olib borilayotgan ishlar holatini oʻrganish, tashkiliy chora-tadbirlarga koʻmaklashish maqsadida Respublika ishchi guruhi Navoiy viloyatida boʻlib turibdi.

world-news

Jumladan, Prezident maslahatchisi oʻrinbosari Qahramon Sariyev boshchiligidagi Xalq qabulxonasi, vazirlik va idora masʼullaridan iborat ishchi guruh vakillari Qiziltepa tumanidagi asalarichilikka ixtisoslashtirilgan Tavois mahallasida boʻldi.

Mahallaga tashrif jarayonida mahalla bilan tanishilib, mahalla yettiligi bilan suhbatlashildi. Hozir mahalladagi 814 ta xonadonda 4114 nafar aholi istiqomat qilib, ularning 2070 nafarini xotin-qizlar, 30 yoshgacha boʻlganlar 1192 nafarni tashkil etadi. Boquvchisini yoʻqotgan oilalar 47 nafar, yolgʻiz keksalar 3 nafar va kam taʼminlangan oilalar 162 nafardan iborat.

Qahramon Sariyev ushbu mahallada istiqomat qilayotgan asalarichilar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini tingladi. Taʼkidlash oʻrinliki, bugungi kunda mahallada 35 nafardan ziyod asalarichi bor.

– Mahallada asalarichilik bilan shugʻullanib kelaman, – deydi Inoyat Saidov. – Yiliga 5-6 tonnagacha asal olaman. Mahalliy bozorga sotaman. Koʻplab mijozlarim uydan olib ketishadi. Oʻgʻlim Mirzohid ham asalarichilikka qiziqadi. Kelgusida asalari oilalarini yanada koʻpaytirib, xalqimizga sifatli va shifobaxsh asal mahsuloti yetkazib berish niyatidamiz.

Mamlakatimizda avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan milliy qadriyat – hashar tadbirlari xalqimiz orasida birdamlik, mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Xususan, hashar yoʻli bilan tumandagi Malikobod mahallasida “Mahallamga 10 tup daraxt – mening tuhfam” shiori ostida iqlim sharoitiga mos daraxt koʻchatlari ekilmoqda. Mahalla hududida barpo etilgan bogʻlar, ularni sugʻorish tizimi bilan yaqindan tanishgan Qahramon Sariyev ham koʻchat ekish tadbirida ishtirok etdi.

– Malikobod mahallasi hududida 2023-yil kuz mavsumida jami 32 ming dona manzarali koʻchat ekilib, 24 gektar yer maydonida “Yashil bogʻ” tashkil etilgan edi, – deydi tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimi boshligʻi Fayzullo Allayorov. – Bogʻda toʻliq tomchilatib sugʻorish tizimi joriy etilgan.

Joriy yilning bahor mavsumida mazkur mahalla hududidan yana 20 gektar yer maydonida “Yashil bogʻ” tashkil etish rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunga qadar jami 15 ming dona, shundan 11,5 ming dona qayragʻoch, 2 ming dona akatsiya va 1,5 ming dona zarang koʻchatlari ekildi hamda tomchilatib sugʻorish ishlari amalga oshirilmoqda.

Koʻchat ekish jarayonida Ishchi guruhi aʼzolari mutaxassislar ishtirokida mahallada suv resurslaridan oqilona foydalanish, tomchilatib sugʻorish tizimining muhim jihatlari toʻgʻrisida oʻzaro fikr almashdi.

Ishchi guruhi aʼzolari tumanda “Obod xonadon– obod koʻcha–obod mahalla” mezonlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Soʻfiyon mahallasida boʻldi. Tegishli masʼullar bilan suhbatlashib, ularning takliflari va hisobotlari tinglandi. Respublika ishchi guruh oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

Izohlar 0

Fikr bildirish