So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Qoʻyliq” endi yoʻq: Taʼmirlash bahonasida yopilgan bozor toʻliq tugatilgani maʼlum boʻldi
Joriy yilning 5-yanvar kuni Toshkent shahar hokimligi poytaxtning barcha bozorlariga mahsulotlarni asosiy yetkazib beruvchisi boʻlgan “Qoʻyliq” ulgurji bozorida rekonstruksiya ishlari boshlanganini eʼlon qilgan edi.
Oradan ikki oydan koʻproq vaqt oʻtib, taʼmirlash bahonasida yopilgan “Qoʻyliq” dehqon bozori toʻliq tugatilgan. Bu haqdagi maʼlumot Istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ axborot yagona portaliga joylashtirilgan. Bozorning rasmiy saytida 1-mart kuni berilgan xabarga koʻra, 2024-yil 29-fevraldan jamiyat aksiyadorlarning qaroriga koʻra ixtiyoriy tugatilgan.

Hokimlining bildirishicha, bozor rekonstruksiya qilinishiga olib kelinayotgan mahsulotlar bozor hududiga sigʻmay, atrofidagi hududlarda, shu jumladan Chirchiq kanali boʻyida tartibsiz savdo amalga oshirilayotgani hamda bozor hududiga kuniga 600 dan ortiq yuk mashinalari kirib-chiqishi avtomobil yoʻllarning tirbandligi, aholiga jiddiy noqulayliklar paydo boʻlayotgani sabab boʻlgan.
Rekonstruksiya davrida tadbirkorlar oʻz faoliyatini “Fud Siti”, “Toshkent indeks” va boshqa savdo majmualarida tashkil etilgan sharoitlarda davom ettirishi taklif qilingan.
Bunda, tadbirkorlar mulklarini koʻchirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar (transport, yuklash, tushirish va boshqalar) bepul amalga oshiriladi hamda savdo majmualaridagi doʻkonlar uchun ijara toʻlovlaridan 3 oy muddatga ozod qilinishi aytilgan.
Aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida “Qoʻyliq” massividan bozor hududigacha yoʻlkira olinmaydigan 10 ta avtobus yoʻnalishga qoʻyilib, jamoat transporti uchun shoh bekat tashkil qilindi va shaharning barcha yoʻnalishlarga chiqish imkoni yaratilgan. Bozorda faoliyat yuritayotgan 144 nafar ishchi-xodimlar “Fud Siti” va “Toshkent indeks” savdo majmualarida ish bilan taʼminlanishi bildirilgan.