So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 1 mlrdga yaqin pul talon-toroj qilingani aniqlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi sobiq Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi “Oʻquv taʼlim-taʼminot” davlat muassasasi tomonidan 2021-2022-yillar mobaynida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida respublika byudjeti hisobidan xarid qilingan kompyuter va boshqa vositalarning tavsiya etilgan texnik topshiriqlarga muvofiqligi hamda moliyaviy mablagʻlardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligini Fargʻona, Namangan, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida joyiga chiqqan holda oʻrgangan.
Yetkazib berilgan kompyuterlarning texnik xususiyatlari oʻrganilganida shartnomada koʻrsatilgan talablar toʻliq bajarilmaganligi aniqlangan. Oʻrganish yakunlari boʻyicha toʻplangan hujjatlar masʼul shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DM va “Smart Sales Leader” MCHJ oʻrtasida 2021-2022-yilda tuzilgan shartnomaga asosan, jamiyat tomonidan yetkazib berilishi lozim boʻlgan qoʻshimcha elektron vositalar yetkazib berilmasdan, jami 919 mln 360 ming soʻm miqdordagi byudjet mablagʻlari oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DM va “Smart Sales Leader” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 205-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.