So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Oʻzbekistonda 2024-yil 100 mingta uy-joy qurish rejalashtirilgan
Bugun, 12-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilda uy-joylar hamda “Yangi Oʻzbekiston” massivlari qurilishi boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
Xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratish maqsadida barcha hududlarda yangi uy-joylar barpo etilmoqda. Shu bilan birga, odamlarning xarid imkoniyatini kengaytirish uchun toʻrt yil oldin ipoteka tizimining bozor tamoyillariga asoslangan yangi tartibi joriy qilindi. Unga muvofiq, oʻtgan davrda barcha manbalardan 100 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan. Bularning hisobiga hududlarda 6 mingta koʻp qavatli uy barpo etilib, 250 ming oila yangi boshpanali boʻlgan. Daromadi yuqori boʻlmagan 45 mingta oilaga boshlangʻich badal va foiz toʻlovi uchun 2,4 trillion soʻmlik subsidiyalar berilgan.
Jumladan, oʻtgan yili mamlakatimiz boʻyicha 85 mingta yoki 2022-yilga nisbatan 1,5 barobar koʻp xonadon qurilib, aholiga 17 trillion soʻmlik ipoteka kreditlari ajratilgan.
Aholi sonining oʻsishini inobatga olib, bunday ishlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, joriy yilgi dastur doirasida 100 mingta uy-joy qurish rejalashtirilgan. Yigʻilishda shu boradagi chora-tadbirlar muhokama qilingan.
Avvalo yangi uylarning sotuv narxi va sifatiga eʼtibor qaratilib, nomutanosibliklar koʻrsatib oʻtildi. Mutasaddilarga qurilish tannarxini pasaytirish va uylar sifatini yaxshilash boʻyicha topshiriq berildi.
Shu maqsadda, taklifni koʻpaytirish uchun koʻp qavatli uy-joylar qurilishiga qoʻshimcha yerlar auksionga chiqarilishi belgilangan. Davlat rahbari bu sohada aholi va quruvchilar uchun qator yangi imkoniyatlar berilishini maʼlum qildi.
Bu yil ipotekani moliyalashtirish uchun barcha manbalardan 22,5 trillion soʻm yoʻnaltirilishi kutilmoqda. Jumladan, ipoteka kreditlari uchun qariyb 10 trillion soʻm, daromadi yuqori boʻlmagan 20 ming oilaga boshlangʻich badal va foiz toʻlovini qoplash uchun 2,3 trillion soʻm beriladi.
Pudrat tashkilotlarining aylanma mablagʻini koʻpaytirish uchun 500 milliard soʻm resurs yoʻnaltiriladi. Bunda yillik 16 foiz stavkada 12 oylik imtiyozli davr bilan 18 oyga imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bu maqsadlarga banklar ham oʻz mablagʻlarini kiritadi.
Qurilish ishlari hamda aholining uy-joy sotib olishi uchun ham qoʻshimcha yengilliklar yaratiladi. Xususan, endi 5 qavatli uylarni barpo etishga kamida “qoniqarli” va 9 qavatli uylarga “oʻrta qoniqarli” reytingiga ega boʻlgan pudratchilar jalb qilinadi. Bu – qoʻshimcha 2 mingga yaqin pudratchiga yoʻl ochib beradi.
Turar joylar qurilishida “yashil” standart joriy qilinadi. U asosida bunyod etiladigan uy uchun pudratchilarga kreditlar bir foiz past, yaʼni yillik 15 foiz stavkada beriladi.
Pudratchilarga kreditlar boʻyicha kafillik berish va foiz xarajatini qisman qoplashga Tadbirkorlik kompaniyasi tomonidan 200 milliard soʻm yoʻnaltiriladi. Uy qurilishi uchun maxsus texnikalar importi boʻyicha berilgan bojxona imtiyozi yana bir yilga uzaytiriladi. Bundan buyon ipoteka kreditlari boʻyicha garovga olinadigan uyni sugʻurtalash talabi bekor qilinadi.
Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kirgan va turar joyi nochor ahvoldagi oilalarga, “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida, oʻz hovlisida uy qurish va taʼmirlashga 120 million soʻmgacha ipoteka krediti ajratish yoʻlga qoʻyiladi. Bunda kreditning 15 foizi va dastlabki besh yilda foiz stavkasining 6 foizgacha bandi byudjetdan qoplab beriladi.
Aholiga bu borada koʻmaklashishda Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi muhim oʻrin tutadi. Oʻtgan uch yilda uning kredit portfeli 3 trillion soʻmdan oshdi. Ushbu kompaniya ustav kapitalini 100 million dollarga yetkazish, xorijiy mablagʻlar jalb etishni kengaytirish vazifasi belgilandi.
Yigʻilishda “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini barpo etish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Bugungi kunda hududlarda 38 ta massiv qurilishi boshlangan. Joriy yilda yana 17 ta massiv bunyod etish koʻzda tutilgan.
Lekin ayrim joylarda kechikish holatlari bor. Masalan, Surxondaryo, Andijon, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida qurilish ishlari ortda qolmoqda.
Shu bois har bir massiv kesimida manzilli roʻyxatni tasdiqlab, bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Davlat rahbari bunda asosiy talablar – sifat, muddat va tannarx ekanini taʼkidladi.
Ayrim noinsof quruvchilar xaridorlar ishonchini suiisteʼmol qilayotgani qayd etilar ekan, ulushdorlik asosida uy-joy barpo etishda aholini himoya qilish tizimini kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi. Shuningdek, yer auksionida qatnashadigan qurilish va pudrat tashkilotlarining moliyaviy salohiyatiga minimal talablar joriy qilinishi belgilandi.
Baʼzi hududlardagi eski uylar renovatsiya asosida yangilanib, odamlarga zamonaviy sharoitlar yaratilishi qayd etildi. Bosh vazir oʻrinbosari va viloyat hokimlari qurilish ishlarini tashkil qilish rejalari yuzasidan axborot berdi.