So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkent viloyatida 2 mlrd soʻmlik elektr energiyani oʻgʻirlagan maynerlar qoʻlga olindi
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Ichki ishlar vazirligi va “Oʻzenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbirlar oʻtkazildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Yangiyoʻl shahrida yashovchi, 31 yoshli I.N. 10 dona “Antminer L3++” rusumli mayning qurilmalarini oʻzboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, mayning faoliyati bilan shugʻullanishi natijasida, davlat manfaatlariga 1 mlrd. 19 mln. 400 ming soʻm miqdorida zarar yetkazgan.
Qibray tumanida istiqomat qiluvchi, 25 yoshli y.t. R.J.ning xonadoni koʻzdan kechirilganda, u hech qanday ruxsatnomasiz mayning faoliyati bilan shugʻullanib, 685 mln. 939 ming. soʻmlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan. Undan 2 ta toʻplamda boʻlgan mayning qurilmalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Qibray tumanida kuzatilgan yana bir holatda, 42 yoshli M.S. oʻzining yashash manzilida kriptovalyuta ishlab chiqarish faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shugʻullangan.
M.S 3 ta toʻplamda boʻlgan mayning qurilmalaridan foydalanishi natijasida, elektr energiyasi boʻyicha davlat manfaatlariga 579 mln. 474 ming soʻm miqdorida zarar yetkazgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.