So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Quruvchilar xavfsiz sharoitlarni yaratib berishga masʼul” – Qurilish vazirligi
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Toshkentdagi qurilish obyektida 23 yoshli yigit vafoti toʻgʻrisidagi holatni oʻrgangan.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur obyekt Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan oʻrnatilgan tartibda roʻyxatga olingan.
Buyurtmachi “New Times Buildings” MCHJ Davlat xizmatlari agentligi orqali Toshkent shahar Yangihayot tumani “Yangi Darxon” MFY hududida 4 ta 17 qavatli uy-joylar qurilishi uchun roʻyxatdan oʻtgan. Keyinchalik qurilish ishlari subpudratchi “King house” MCHJga topshirilgan.
Qurilish-montaj ishlari hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan muntazam nazorat qilib borilgan. Xususan, bajarilishi zarur boʻlgan 10 ta yozma koʻrsatma berilgan. Biroq ish jarayonidagi ehtiyotsizlik sabab 2024-yilning 11-mart kuni qurilishda ishlab kelayotgan 2001-yilda tugʻilgan Sh.B.ning boshiga 14-qavatdan qolip-opalubka tushib ketishi natijasida, vafot etgan.
Vazirlik shu oʻrinda qurilish obyekti ishtirokchilari, shuningdek, buyurtmachi, pudratchi va texnik nazoratchilarning qurilish maydonlaridagi ishchilar uchun xavfsiz sharoitlarni yaratib berishga masʼul ekanliklarini yana bir karra eslatib oʻtgan. Zero, mehnat muhofazasiga amal qilish bilan sodir boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday baxtsiz hodisalarning oldini olish mumkin.
Videorolikda qurilish maydonlarida mehnat muhofazasiga oid talab va qoidalar bilan tanishishingiz mumkin.