So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Amudaryoda klasterga tegishli binoda qoʻlbola yogʻ mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Holat ortidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo tumanida 77,1 tonna qoʻlbola usulda tayyorlangan yogʻ mahsulotlarini savdoga chiqarilishining oldi olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, Departament, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Buxoro viloyati, Romitan tumanida davlat roʻyxatidan oʻtgan “T.” MCHJ hamda Amudaryo tumanida faoliyat koʻrsatuvchi “A” MCHJ klasterining masʼul shaxslari oʻzaro til biriktirib, “AmudaryoTex” MCHJga tegishli noturar binoda yogʻ mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil qilganlik.
Tadbir davomida, ushbu yashirin sexdan qoʻlbola usulda tayyorlangan 77,1 tonna 5 litr hajmdagi yelim idishlarga qadoqlangan isteʼmolga yaroqsiz yogʻ mahsuloti, 19 460 dona xoʻjalik sovuni, 10 tn. paxta chigiti, 3 tn. kunjara, 32 ta rulon yorliqlar, 8 dona moy-juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan jami 1,3 mlrd soʻmlik tovarlar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) va 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.



