So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
1 mlrdlik tillani bojxonadan olib oʻtmoqchi boʻlgan shaxslarga sud hukm oʻqidi
2023-yilning 24-iyul kuni “Namangan–Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtomashina “Namangan” YPX maskanida toʻxtatilib, koʻzdan kechirilgan.
Natijada, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Namangan shahrida yashovchi, K.N.ning yonida 1 dona yarim tayyor zanjir holatidagi tilla taqinchoq borligi maʼlum boʻldi. Shuningdek, mazkur yoʻnalishda harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina ham Pop tumani hududida toʻxtatilib, koʻzdan kechirilganda, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Namangan shahrida yashovchi, Gʻ.O. ga tegishli 29 dona yarim tayyor zanjir koʻrinishidagi tilla taqinchoqlar borligi aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, Gʻ.O. juda koʻp miqdordagi quyma tilla mahsulotlarini notanish shaxslardan sotib olib, ularni zargarlarga zanjir koʻrinishida yasattirgan. Oʻz navbatida K.N. ushbu tilla buyumlarni qonunga xilof ravishda bojxona nazoratini chetlab oʻtib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Hindiston davlatiga olib borib sotishni rejalashtirgan.
Ekspertiza xulosasiga koʻra, mazkur 30 dona yarim tayyor holatdagi tilla taqinchoqlarning sof ogʻirligi 1 kg. 516 gr. boʻlib, qiymati 1 mlrd. 46 mln. soʻmga teng. Chegara-bojxona postidagilarning eʼtiborini tortmaslik maqsadida, 958 dan yuqori asllik darajasida boʻlgan zanjir koʻrinishidagi tilla taqinchoqlarga “916”, “22KR” asillik darajasi oʻrnatilgan.
Holat yuzasidan DXX Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasining Tergov boʻlimi tomonidan Gʻ.O. va K.N. ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan. Jinoyat ishlari boʻyicha Namangan shahar sudi tomonidan esa Gʻ.O. ga nisbatan 3-yil, K.N. ga nisbatan 2-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.