So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samarqandda uyidan chiqib ketgan qiz Qashqadaryoda fohishalikka majburlandi
Bolalar ombudsmani kotibiyatiga “Istiqbolli avlod” NNT orqali Samarqand viloyati, Pastdargʻom tumanida yashovchi 2008-yilda tugʻilgan A.D. (qiz) dan murojaat kelib tushgan.
Qizning bildirishicha, u uyidagi tazyiq va yaqinlari uni tushunmasligi tufayli uydan chiqib ketgan. Soʻng bir tanishi uni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi xonadonga olib borgan, mazkur xonadon egasi boʻlgan ayol esa uni fohishalikka majbur qilgan, lekin muayyan vaqtdan keyin u yerdan qochib keta olgan va koʻmak soʻragan.
Bolalar ombudsmani soʻrovi asosida Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan. Tekshiruv natijasida 5-mart kuni G.N. ga (ayol) nisbatan Jinoyat kodeksi 131-moddasi, 4-qismiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov olib borilmoqda.