So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xolasining oʻgʻlini oʻldirgan erkakka hukm oʻqildi
Jabrlanuvchi ogʻir darajadagi jarohati olgani sababli vafot etgan.
Toshkent shahrida fuqaro xolasining oʻgʻlini pichoqlab oʻldirib qoʻydi. Bu haqda “Millar” dasturiga tayanib Oliy sud matbuot xizmati xabar qildi.
2022-yil 7-avgust kuni soat taxminan 22:00 larda Chilonzor tumani Dombraobod MFYda joylashgan bolalar maydonchasida 1999-yilda tugʻilgan ayblanuvchi va uning 1993-yilda tugʻilgan xolavachchasi bir biri bilan ogʻzaki tortishib ketib, janjallashadi.
Oqibatda sudlanuvchi oʻzi bilan olib kelingan pichoqni jabrlanuvchi tanasining bir necha qismiga tiqib oladi. Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga koʻra, jabrlanuvchi ogʻir darajadagi jarohati olgani sababli vafot etgani aniqlandi.
«7-avgust kuni xolamning oʻgʻli bilan telefonda soʻkishib ketdik. Bir joyga borib oʻtirganimizda menga qoʻl koʻtarganlarida yiqilib, choʻntakdagi pichoqni tiqib oldim. Birinchisi kirmadi deb yana ikki marta tiqdim.
Uni shifoxonaga olib ketishdi, men voqea joyidan ketdim. Agar ursalar, qoʻrqitaman degan maqsadda pichoq olgan edim. Biz juda yaqin, bir-birimizni yaxshi koʻrganmiz», — deydi ayblanuvchi.
Sud hukmiga koʻra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam oʻldirish) bilan aybli deb topilib, 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi.