So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qashqadaryoda uch nafar bloger hibsga olindi
Qashqadaryo viloyat prokurori oʻrinbosarining iltimosnomasiga koʻra uch nafar blogerga qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Qarshi shahar sudida Qashqadaryo viloyat prokurori oʻrinbosarining Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanuvchi va Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan Sh. P. (erkak, 1977-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, “Inson huquqlari” mustaqil tashkiloti aʼzosi, “Himoyachi blogerlar” MCHJ rahbari, muqaddam sudlangan), N.K. (ayol, 1980-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan, ishsiz, muqaddam sudlangan) va D.X. (ayol, 1984-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan, Koson tumanidagi 12-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi, muqaddam sudlangan) ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan koʻrib chiqilgan.
Sudning 2024-yil 28-fevraldagi ajrimi bilan Qashqadaryo viloyat prokurori oʻrinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, ayblanuvchi Sh.P., N.K. va D.X.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.