So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Fargʻonadagi “Yoshlar koʻli” Sport vazirligi balansiga qaytariladi

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov “investor”ga “sovgʻa” qilib yuborgan “Yoshlar koʻli” Sport maktabi balansiga oʻtkaziladi. Bu haqda Davaktiv agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Fargʻona viloyati hokimining 2024-yil 29-yanvardagi tegishli qaroriga asosan Fargʻona shahar, “Oybek” MFY hududida joylashgan sobiq “Yoshlar koʻli” bino-inshootlari (keyingi oʻrinlarda – obyekt) “Unays building” MCHJga investitsiyaviy va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun foydalanish huquqi bilan berilganligi, yaʼni sotilmagan.
Mazkur masalaga aniqlik kiritish boʻyicha oʻrganishlarda ushbu obyekt Sport vazirligi tomonidan samarali foydalanish uchun Fargʻona shahar hokimligi balansiga Fargʻona viloyat hokimining 2022-yil 30-dekabrdagi qaroriga asosan oʻtkazib berilganligi, biroq hokimlik tomonidan obyektga nisbatan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmagan.
Ushbu holatda, “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi qonun bilan belgilangan tartib talablari bajarilmagan.
Qonun talablariga koʻra, davlat koʻchmas mulk obyektlarini, idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, operativ boshqaruv huquqi asosida bir davlat muassasasi yoki davlat unitar korxonasidan boshqa davlat muassasasi yoki davlat unitar korxonasiga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror Davaktiv agentligi tomonidan tegishli davlat organlari bilan kelishuvga koʻra qabul qilinishi belgilangan.
Shunga koʻra, amaldagi qonunchilik bilan belgilangan tartiblar buzilganligi munosabati bilan Davaktiv agentligi tomonidan:
- Sport vazirligiga obyektni Sport maktabi balansiga qaytarib olish;
- Fargʻona viloyati hokimligiga obyektni Fargʻona shahar hokimligi balansiga oʻtkazish va “Unays building” MCHJga foydalanishga berish toʻgʻrisidagi qarorlarni bekor qilish boʻyicha joriy yil 6-mart kuni tegishli koʻrsatmalar yuborildi.
«Davaktiv agentligi tomonidan ushbu davlat mulki obyektini tegishli Sport maktabi balansiga qaytarish masalasi qatʼiy nazoratga olinishini maʼlum qilamiz», - deyiladi xabarda.



