So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qoraqalpogʻistonda maktabga bolta koʻtarib kelgan erkak Milliy gvardiya xodimi tomonidan qoʻlga olindi
Joriy yilning 4-mart kuni soat 15:40larda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtkoʻpir tumani Daoʻir mahallasida joylashgan 4-sonli maktabda, xizmat oʻtayotgan qorovul xodimi tomonidan maktabga mast holda qoʻlida bolta bilan kelgan fuqaro toʻxtatib qolindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, ushbu fuqaro maktabning kirish joyida xizmat oʻtayotgan qorovul xodimining begonalarni maktab ichkarisiga kiritmasligi toʻgʻrisidagi ogohlantirishiga va talablariga boʻysinmasdan, kurtkasi ichidan bolta chiqarib janjal koʻtarib turgan bir paytda “tashvish” xabari asosida chaqirilgan va yetib kelgan tuman qoʻriqlash xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.
Olib borilgan dastlabki oʻrganishlarga koʻra, erkak Taxtakoʻpir tumanida yashovchi 45 yoshli fuqaro S.D. ekanligi, mazkur maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ishlaydigan turmush oʻrtogʻi R.B.ni koʻrishga kelgani va gaplashib ketmoqchi ekanligini, qoʻlidagi boltani esa oʻtin chopish oldidan oʻtkirlatishga olib chiqqanligini maʼlum qilgan.
Fuqaro S.D. tezkor guruh xodimlari tomonidan tuman Tibbiyot boʻlimiga olib borilib, spirtli ichimlik isteʼmol qilganligi boʻyicha maʼlumoti olingandan soʻng, tuman IIB profilaktika inspektori bilan birga tegishli xujjatlar rasmiylashtirilgan holda, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli mastlik holati boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish punktiga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Taxtakoʻpir tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.