So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Surxondaryoda tozalash boshlandi. “Svet” va gaz muammosi ortidan bir nechta tuman rahbarlariga jinoyat ishi ochildi
Surxondaryo viloyatida bir nechta amaldorlar mansab vakolatidan qasddan foydalanib, noqonuniy xatti-harakatlarini amalga oshirgani uchun, ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Qiziriq
Qiziriq tumani elektr taʼminoti korxonasining energiya sotish boʻyicha boshliq oʻrinbosari X.J. mansab vakolatidan qasddan foydalanib, “Yevroaziya shifer” MCHJga qarashli gʻisht ishlab chiqarish zavodida elektr tarmoqlaridan noqonuniy foydalanishi oqibatida jami 474 mln. 831 ming 400 soʻmlik koʻp miqdorda zarar yetkazilgani aniqlagan boʻlsada, yetkazilgan moddiy zararni oʻrnini qoplash choralarini koʻrmagan.
2022-yil 1-dekabr holatiga koʻra 3 mlrd. 024 mln. 662 soʻmlik qarzdorligi mavjud boʻlsada, elektr energiyasi tarmogʻidan uzmasdan jamiyat va davlat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sababchi boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan 12.12.2022-yilda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi tomonidan JKning 205-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sherobod
Sherobod “TETK” boshligʻi Q.K. mansab vakolatidan qasddan foydalanib, tumandagi 208 nafar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganligi holati yuzasidan rasmiylashtirilgan 487 mln. 020 ming soʻmlik dalolatnomalar tegishli tartibda qonuniy chora koʻrishlik uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etmagan.
Mazkur holat yuzasidan 12.12.2022-yilda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi tomonidan JKning 205-moddasi 2-qismi “a” bandi jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sariosiyo
Sariosiyo tuman elektr taʼminoti korxonasining texnik hisobchisi I.I. tomonidan tumanning “Gulobod” mahallasida yashovchi fuqaro F.ning xonadonida aniqlangan tarmoqqa noqonuniy ulanish holati boʻyicha tuzilgan dalolatnomalarni hisobga olmaslik uchun undan 2 mln. soʻm pul mablagʻini talab qilib, olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan 11.12.2022-yilda Sariosiyo tuman IIB Tergov boʻlimi tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Muzrabot
Muzrabot tuman elektr taʼminoti korxonasi boshligʻi A.Q. va boshqalar xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmasdan, yuridik shaxsning elektr energiyasidan 263 mln. 707 ming 882 soʻmlik toʻlov muddati oʻtgan debitorlik qarzdorligi mavjud boʻlsada, isteʼmolchilarni elektr energiya tarmogʻidan uzmasdan, qarzdorlikni undirish choralarini koʻrmasdan jamiyat va davlat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sababchi boʻlishgan.
Shuningdek, suv taʼminot boʻlimi muhandis energetigi B.K. suv nasoslari hamda elektrodvigatellarni elektr hisoblagichdan tashqari toʻgʻridan-toʻgʻri elektr tarmogʻiga ulab foydalanib kelinayotganligi oqibatida “Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi manfaatlariga koʻp miqdorda, yaʼni 129,7 mln. soʻm zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan 12.12.2022-yilda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Muzrabot tuman boʻlimi tomonidan JKning 205-moddasi 2-qismi “a” bandi, JKning 185-2-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, “Koʻmirtaʼminot” MCHJ Surxondaryo filiali tasarrufidagi Muzrabot tumani koʻmir omborxona mudiri J.X. aholiga tarqatilishi lozim boʻlgan 44 tonna koʻmir mahsulotini Muzrabot tumani, “Yurtim jamoli” mahallasidagi gʻisht zavodi hududiga kelgusida sotish maqsadida tushirgan vaqtda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan 13.12.2022-yilda Muzrabot tumani IIB Tergov boʻlimi tomonidan JKning 25,167-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Uzun
Uzun “TETK” boshligʻi Gʻ.A. va boshqalarga nisbatan mansab vakolatidan qasddan foydalanib, “Iskandar Turdialiyev”, “Nurafshon”, “Agro Omad” fermer xoʻjaliklari elektr tarmoqlaridan noqonuniy foydalanishi oqibatida jami 140 mln. 832 ming soʻmlik koʻp miqdorda zarar yetkazilgani aniqlagan boʻlsada, yetkazilgan moddiy zararni oʻrnini qoplash choralari koʻrmagan. 2022-yil 1-dekabr holatiga koʻra 2 mlrd. 638 mln. soʻmlik qarzdorligi mavjud boʻlsada, elektr energiyasi tarmogʻidan uzmasdan jamiyat va davlat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sababchi boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan 11.12.2022-yilda Uzun tumani prokuraturasi tomonidan JKning 205-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Denov
Denov tumangaz taʼminot korxonasi bosh muhandis M.S. Denov tuman gaz filiali balansida boʻlgan Denov tumani “Totuvlik” mahallasi hududida tabiiy gaz tarmogʻidagi 219 mm diametrli qiymati 66 mln. 550 ming 960 soʻmlik 280 metr temir gaz quvurlarini sotib yuborgan.
Denov tuman gaz taʼminoti korxonasi sobiq rahbari F.R. Denov tumani “Chorgul” mahallasi hududida tabiiy gaz tarmogʻidagi 159 mm diametrli qiymati 115 mln. 710 ming 698 soʻmlik 1069 metr temir gaz quvurlarini ushbu hududda faoliyat koʻrsatib kelayotgan “Panji”, “Madatov Boymurod Boyqulovich”, “Xakim”, “Istiqlol”, “Shamshodbek Himoyiddin Fayz”, “Innovatsion Taraqqiyot” va “Uch oʻgʻlon ogʻalar” fermer xoʻjaliklariga suv chiqarishda foydalanishga berib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan 12.12.2022-yilda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Denov tuman boʻlimi tomonidan JKning 167-moddasi 2-qismi “v,g” bandi, 205-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Angor
“Angor tumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi mutaxassislari tomonidan “Oʻzbekiston” mahallasida yashovchi E.I.ning yashash xonadoniga tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy ravishda, oʻzboshimchalik bilan ulanib, ishlatilganligi oqibatida “Angor tumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi manfaatlariga ancha miqdorda, yaʼni 49 mln. 319 ming 600 soʻm zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan 13.12.2022-yilda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Angor tuman boʻlimi tomonidan JKning 185-2-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Termiz shahar
“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali mutaxassislari tomonidan Termiz shahar “Tinchlik” mahallasida yashovchi fuqaro P.Sh.ning yashash xonadoniga tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy ravishda, oʻzboshimchalik bilan ulanib, ishlatilganligi oqibatida “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali manfaatlariga ancha miqdorda, yaʼni 32 mln. 764 ming 765 soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 13.12.2022-yilda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Termiz shahar boʻlimi tomonidan JKning 185-2-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etish joiz, joriy yilning 11-dekabr kuni Prezident Administratsiya rahbari Sardor Umurzoqov rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda energiya resurslari bilan taʼminlash sohasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan Bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldashev ayrim maʼlumotlarni ochiqlagan edi.
Unga koʻra, “Hududgaztaʼminot” AJning Toshkent viloyati boʻyicha tarkibiy boʻlinmasi boʻlgan “Hududgaz Toshkent” filiali direktori Muzaffar Aliyevga nisbatan jinoyat ishi ochilgan hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Shuningdek, “Yangiyoʻl tumangaz” rahbari Umid Toʻychiyev va “Guliston tuman elektr tarmoqlari korxonasi” sobiq rahbari Furqat Shodmonqulovga ham jinoyat ishi ochilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
“Agar boshqa hududlardagi masʼullar ham bundan toʻgʻri xulosa chiqarmasa va qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻysa, ularga ham albatta xuddi shunday jinoiy ish qoʻzgʻatiladi”, — degan edi Sardor Umurzakov.




Izohlar 2

JAVOXIR OCHILDIYEV
2022-Dec-18 20:50