So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Sugʻurta polislarini qogʻoz shaklida rasmiylashtirish bekor qilinadi
“Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2024-yil 1-sentyabrdan:
sugʻurtaning barcha turlari boʻyicha sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish va sugʻurta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi;
barcha sugʻurta turlari boʻyicha sugʻurta polislarini faqat qogʻoz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi;
sugʻurta polislarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirmaslik ularni haqiqiy emas deb topishga asos boʻladi hamda sugʻurtalovchi tomonidan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qoʻpol ravishda buzish hisoblanadi;
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sugʻurtalovchilar tomonidan koʻrsatiladigan sugʻurta xizmatlari sifati boʻyicha sugʻurtalovchilar reytingini yuritadi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Quyidagilarga shartnomalarning oʻz vaqtida rasmiylashtirilishini taʼminlash majburiyati yuklatiladi:
Coliq qoʻmitasi va Transport vazirligiga ish beruvchining va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalarini;
Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasiga xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalarini;
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga obyektlarni davlat mablagʻlari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish shartnomalarini.