So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Andijonda 20 yoshli yigit “prava”siz yoʻlning qarama-qarshi tomonida mashina boshqardi
Holat yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB maʼlumot berdi.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Tracker haydovchisi qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomonga chiqib harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan oʻrganilganda ushbu avtomobil 1985-yilda tugʻilgan A.A.ga tegishli ekanligi, videoda aks etgan qoidabuzarlikni esa uning haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan jiyani, 2004-yilda tugʻilgan A.O. tomonidan sodir etilganligi maʼlum boʻlgan.
“Amakimga tegishli boʻlgan Trackerʼni boshqarib, qoidalarni qoʻpol buzdim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Barchadan uzr soʻrayman. Bu holat boshqa qaytarilmaydi”, - deydi qoidabuzar yigit.
Holat boʻyicha MJtKning 128-5-moddasi ikkinchi qismi va 135-moddasi ikkinchi qismi tartibida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qoʻyilgan.