Qidirish

11:33 / 2024-03-02 1788 0 Dunyo

Turk seriallariga katta qiziqish: 170 dan ortiq davlatda 750 million kishini qamrab oldi

Turkiya Madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari Batuhan Mumju, Turkiyada ishlab chiqarilgan seriallar Amerikadan Rossiyaga, Uzoq Sharqdan Lotin Amerikasiga qadar dunyoning 170 dan ortiq davlatida namoyish etilganini va tomoshabinlarning taxminan 750 million kishiga yetganini bildirdi.

world-news

Madaniyat va Turizm Vazir oʻrinbosari Batuhan Mumju Germaniyaning poytaxti Berlinda 74-Xalqaro Berlin Film Festivali (Berlinale) doirasida bir qator uchrashuvlar oʻtkazib, Turkiyaning stendini ham oʻz ichiga olgan Yevropa kino bozorini (EFM) ziyorat qildi.
Mumju, Berlinale va Yevropa kino bozori dunyodagi eng muhim kino voqealaridan biri ekanligini taʼkidlab: “Vazirlik tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan kinofilmlar yurtimiz targʻibotiga hissa qoʻshmoqda”,dedi.

Mumju, butun dunyo tomonidan kuzatib boriladigan va minglab tarmoq vakillari bir joyga toʻplangan ushbu tadbirda qatnashish va bu yerda turk kinosi va Turkiyani muvaffaqiyatli namoyon etishning ahamiyatiga toʻxtalib: “Biz ilgari koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlganmiz, jumladan Berlinaleda bosh mukofot boʻlgan Oltin ayiqni ham qoʻlga kiritganmiz. Vazirligimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlangan kinofilmlar Berlin, Kann, Venetsiya, Toronto va Tokio kabi dunyoning eng muhim xalqaro kinofestivallarida qatnashib, turk kinosi va yurtimiz targʻibotiga hissa qoʻshmoqda. Biz bunga katta ahamiyat beramiz va kino ishlab chiqarishni ham, xalqaro vakillikni ham oshirishga yordam berishda davom etamiz”, dedi.

Turk seriallari 170 dan ortiq davlatda namoyish etiladi

Festival doirasida ochilgan Turkiya stendida sektorning xorijlik vakillariga turk filmlarini taqdim etganliklarini maʼlum qilgan Mumju: “Kino ijodkorlarimizning hamkorlikda ishlab chiqarish va boshqa hamkorlik uchrashuvlariga mezbonlik qilmoqdamiz. Ushbu uchrashuvlar yangi hamkorlikda kinolar olish va hamkorlik imkoniyatlarini rivojlantirish uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, bu yerda filmlarimizning xorijga sotilishi amalga oshirilmoqda va bu biz uchun juda muhim ahamiyatga ega”, dedi. Turk seriallari butun dunyoda tomosha qilinayotganiga diqqat qaratgan Mumju: “Bugungi kunda seriallarimiz Amerikadan Rossiyaga, Uzoq Sharqdan Lotin Amerikasiga qadar dunyoning 170 dan ortiq davlatida namoyish qilinmoqda va taxminan 750 millionga kishiga yetmoqda. Turk serial va kino sanoati eksport boʻyicha dunyoning birinchi 5 davlati orasida. Turk seriallari sotilgan hududlarda Turkiya va turk madaniyatini tanitish nuqtayi nazaridan katta taʼsirga egadir”, dedi.

“2025-yilda Istanbulda «Seriallar va telekoʻrsatuvlar yarmarkasi” tashkil qilamiz». Mumju seriallarning Turkiyaning dunyoda tan olinishiga katta hissa qoʻshganini taʼkidlab: “Shuning uchun biz bu qadar katta taʼsirga ega boʻlgan serial sohamiz bilan hamkorlikda muhim ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Biz dunyodagi eng muhim teleseriallar va kontent yarmarkalaridan biri boʻlgan MIPCOM, MIPTV, ATF Singapore, Content America va Dubai TV Seriyes and Content Fair kabi tadbirlarda mamlakat stendlarini ochishni qoʻllab-quvvatlaymiz va oʻz seriallarimizni butun dunyoga taqdim etamiz. Nasib qilsa, 2025-yilda Istanbulda teleseriallar va telekoʻrsatuvlar koʻrgazmasini tashkil qilamiz. Oʻylaymizki, bu oʻz sohasidagi eng muhim tadbirlardan biri boʻladi”,dedi.

“Tomoshabinlar sonining oʻtgan yilga nisbatan 30 foizga oʻsib, 40 milliondan oshib ketishini taxmin qilmoqmiz”. Mumju Epidemiya jarayonida kinoteatrlar uzoq vaqt eshiklarini yopishga majbur boʻlganini va butun dunyoda boʻlgani kabi Turkiyada ham tomoshabinlar sonida katta pasayish kuzatilganini eslatti. “Ushbu jarayon davomida kinoteatrlar faoliyatini davom ettirishlari uchun 32 million liralik yordam berdik. Bundan tashqari, Gʻaznachilik va Moliya vazirligimiz bilan hamkorlikda 10 foizlik «Oʻyin-kulgi soligʻi”ni 0 foizga tushirdik va shu bilan 2023-yilda sektorga 278 million liralik yordam koʻrsatdik», dedi u.
Mumju, shuningdek, kino tomoshabinlar sonini oshirish uchun qonunchilikka oʻzgartirish kiritganliklarini va ikkita yangi chegirmali chipta turlarini joriy qilganliklarini taʼkidladi va quyidagicha davom etdi: «Shunday qilib, biz xususiy muassasalarga chegirmali chiptalar xarid qilishiga yoʻl ochdik.

Ushbu tartib 2024-yilda tomoshabinlar soniga katta hissa qoʻshishiga ishonamiz. Kino sohamiz bu yilni juda yaxshi boshladi. Tomoshabinlar soni 2024-yilning fevralida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga oshgan. 2024-yilda tomoshabinlar soni 40 milliondan oshadi, bu oʻtgan yilga nisbatan 30 foizga oʻsishini bashorat qilmoqdamiz. Umid qilamizki, biz sanoatimiz bilan yilni ajoyib oʻtkazamiz».

“Kelgusi davrda Turkiyada koʻplab yangi filmlar olinishiga mezbonlik qilamiz”. Vazir oʻrinbosari Mumju Berlinale doirasida Turkiyada xorijiy filmlar suratga olish ishlariga ham toʻxtalib, Turkiyaning boy tarixi va tabiiy goʻzalliklari bilan tabiiy plato xususiyatiga ega ekanligini taʼkidladi.

Mumju:

“300 ga yaqin quyoshli kunlar soni, turli suratga olish joylari, raqobatbardosh narx ustunligi, ilgʻor texnik infratuzilma, tajribali va malakali ishchi kuchi va ragʻbatlantirish tizimi bilan kino ijodkorlariga katta afzalliklarni taqdim etadi. Ushbu afzalliklarga qoʻshimcha ravishda mamlakatimiz raqobatbardoshligini oshirish maqsadida mamlakatimizda film suratga oladigan xorijlik kinoijodkorlar Turkiyada sarflagan mablagʻining 30 foizigacha miqdorini qaytarib olishlari mumkin boʻlgan «Xorijiy film olishni qoʻllab-quvvatlash” dasturini amalga oshirdik», dedi.

Mumju Guy Ritchiye, Jason Statham, Hugh Grant, Josh Hartnett, Henry Cavill va Salman Khan kabi dunyo yulduzlari ishtirok etgan juda muhim filmlarning Turkiyada suratga olinganiga eʼtiborini qaratdi. “Gollivud koʻplab filmlarini mamlakatimizda suratga olishni xohlaydi. Umid qilamizki, kelgusi davrda Turkiyada koʻplab suratga olinishlarga mezbonlik qilamiz”, deya soʻzini yakunladi u.

Izohlar 0

Fikr bildirish