So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Kappadokiya Michelin qoʻllanmasiga kiritildi
Kappadokiya oʻzining ulkan qoya toshlari, tengi yoʻq havo sharlari, gʻor mehmonxonalari va bir vaqtlar ilk nasroniylar yashagan yer osti shaharlari bilan oʻziga xos nodir manzillardandir.

Birgina 2024-yilning oʻzida Kappadokiya muzeylari va arxeologik obidalari 4,37 milliondan ortiq ziyoratchini qabul qilib, Turkiyaning eng muhim madaniy yoʻnalishlaridan biri sifatidagi mavqeini mustahkamladi. Hududning eng ajoyib tajribasi boʻlgan issiq havo sharlaridagi sayohatlar ham tarixiy bosqichga erishdi: oʻtgan yili 933 000 sayyoh havo sharlarida osmonga koʻtarilib, rekord oʻrnatdi.
Mintaqa butun dunyodan, ayniqsa Yevropa, Shimoliy Amerika, Uzoq Sharq va Markaziy Osiyodan kelgan sayyohlarni hayratda qoldirishda davom etmoqda. Ammo uning koʻrkam jozibasidan tashqari yana bir yashirin xazinasi mavjud: turk va Onadoʻli anʼanalariga asoslangan uzoq yillik ajoyib pazandalik merosi bor. Va yaqinda bu noyob oshxona madaniyati MICHELIN Guide eʼtirofiga sazovor boʻlib, Turkiyadagi Michelin qoʻllanmasiga kiritildi va Kappadokiya gastronomik sayohatchilarning yangi toʻlqinini jalb qilishga tayyor.
Pazandalik shousi: Testi kabobi
Avvalo, bu shouda taqdim etiladigan oshpazlik tajribasining eng muhim jihati mazali goʻshtli taomlarning keng tanlovidir. Keling, Kappadokiyadagi oshpazlik tajribasi bilan oʻrtoqlashamiz: restoranda ofitsiant stolga issiq sopol idish olib keladi. Ular mijozning koʻz oʻngida yorilib, ichidan asta-sekin soatlab pishirilgan mazali taomlar tushadi. Taomga testi kabobi deyiladi, u pishirilgan sopol idish nomi bilan atalgan. Ishonchimiz komilki, ushbu oshpazlik shousini ijtimoiy tarmoqlarda koʻrgansiz va agar yoʻlingiz Kappadokiyaga tushsa, aynan shu lahza va bu unutilmas lazzatdan bahramang boʻlishingizni tavsiya qilaman.
Tandirda soatlab pishirilgan testi kabobi qatori boshqa goʻshtli taomlar ham koʻzni quvontirib, ham tomoqni qitiqlashi turgan gap. Ushbu hudduning yana bir afsonaviy taʼmi mashhur Kayseri chuchvarasi boʻlib, u bu yerda shunchalik mayda tugiladiki, bir qoshiqqa 40 ta chuchvara sigʻadi. Bu mazali taomning ustiga turk oshxonasining asosiy taomi boʻlgan yogurt va anʼanaviy turk ziravorlari qoʻshilib eritilgan sariyogʻ quyiladi.
Kappadokiyada kashf qilish uchun juda koʻp narsa bor
Mahalliy taomlar orasida quritilgan oʻrik va oʻtinda pishgan goʻshtli oʻrik yahnisi; uzum shinnisi, bodom va kishmish bilan bezatilgan palov; qiyma, quruq meva va ziravorlar bilan tayyorlanadigan behi doʻlmasi hamda sopol idishda oq loviya va goʻshtdan pishiriladigan agʻpakla taomlarining taʼmi ogʻizda qoladi va sinab koʻrishga arziydigan taomlardir. Shoʻrvaning koʻplab turlari mavjud, qatiq, yarma (bugʻdoy turi) va noʻxatdan tayyorlangan noyob turdagi Urgup tarhanasini yoki anʼanaviy tandir pechlarida pishirilgan tandir shoʻrvasidan tatib koʻrish mumkin.
Shirinlikni xush koʻradiganlar uchun bu yer ayni muddao, chunki sariyogʻda pishirilgan anjirdan tortib qovoq shirinligigacha, koʻftur, (mayizli turk lokumi) organik asal qoʻshilgan quruq qaymoq va dolaz kabi (sariyogʻli un holvasi) ogʻizda eriydigan shirinliklar topish mumkin. Ammo bitta shirinlik borki, uni maqtashga hojat yoʻq. Chunki siz uni bilasiz! Ha, siz toʻgʻri taxmin qildingiz: bu paxlava (baklava). Kappadokiyada esa urgup uslubida tayyorlanadigan Damat paxlavasi unutilmas tajriba baxsh etadi.
Peri bajalaridan tortib, maxsus sopol qozonlarda pishirilgan kaboblargacha... Kappadokiyaning sirli xazinalari tugamaydi. Yer osti shaharlari va ilk xristian cherkovlari buning yaqqol isbotidir. Serquyosh va unumdor tuproq mazali uzum yetishtirish uchun ideal sharoit yaratadi. Uzumning Oʻkuzgoʻzi, Kalejik karasi, Bogʻazkere va Narinjelar kabi ajoyib mahalliy navlarini uchratish mumkin.



