So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Turkiy davlatlarning 7-yozgi turkologiya o‘qishlari bo‘lib o‘tdi
Ozarbayjonning Xonkendi shahridagi Qorabog‘ universitetida Turkiy davlatlarning VII yozgi turkologiya maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Turkiy tillar akademiyasi prezidenti Shahin Mustafoyev, Qorabog‘ universiteti rektori Shahin Bayramov, Turkiya Fanlar akademiyasi prezidenti Muzaffer Sheker hamda akademik va ta’lim jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.
Turkiy dunyo yosh olimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan o‘quv yig‘inida Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Turkiya, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Eron, Moʻgʻuliston va Shimoliy Makedoniyadan 35 yoshgacha boʻlgan 30 nafar doktorant va stajyor-tadqiqotchilar qatnashdi. Ushbu xalqaro ilmiy yig‘inda yurtimiz yosh tarixchi olimlaridan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti stajyor-tadqiqotchisi Farida Sultonova ham ishtrok etdi. Yosh tadqiqotchining ta’kidlashicha, ma'ruza jarayonlarida turkiy davlatlardan tashrif buyurgan tengdoshlarimning birligimiz uchun intilishlari, doʻstona, samimiy va ilmiy muhitni birga yaratish uchun harakatlari barchamizga birdek manzur boʻldi.
Tadbirda shuningdek, Ozarbayjon, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistondan tashrif buyurgan, dunyo miqyosida tanilgan nufuzli olim va ekspertlar tomonidan mahorat darslari o‘tildi. Xususan, Oʻzbekistonlik turkolog olimlar Gʻaybulla Boboyorov va Feruza Jumaniyozova tomonidan ham mahorat darslari o‘tildi.
Qorabog‘ universitetida o‘tkazilgan Yozgi maktab turkologiya sohasidagi yosh olimlarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, turli mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar o‘rtasida bilim va tajriba almashishga ko‘maklashish, zamonaviy ilmiy yondashuvlar va amaliy tadqiqot usullarini o‘zlashtirish uchun shart-sharoit yaratishdan iborat bo‘ldi. Har kungi o‘quv seminarlar davomida ishtirokchilar turkiy davlatlar tarixi, arxeologiyasi, turkiy xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, san’at va falsafa, shuningdek, turkiy lahjalar va adabiyotlar bilan bog‘liq mavzularda ta’lim oldilar. Turkologiya yozgi maktabi nafaqat bilim almashish maydoni, balki yosh olimlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash va ularning birlashishida muhim vosita bo‘lib xizmat qildi. Dasturda ma’ruza va seminarlardan tashqari musiqiy va badiiy chiqishlar, shuningdek, Xonkendi va Shusha shahriga tashriflar ham o‘rin olgan bo‘lib, ishtirokchilarga mintaqaning tarixiy va madaniy merosi bilan bevosita tanishish imkoniyatini yaratdi.