So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oʻzbekiston yuqori daromadli davlat boʻlishi uchun 100-yil kerak
Jahon bankining yangi hisobotiga koʻra, Oʻzbekiston aholi jon boshiga 14 ming dollarlik daromadga ega boʻlishi uchun kamida 100-yil talab qilinadi.
“Tadbirkorlik, texnologiyani joriy etish va innovatsiyalar orqali oʻsishni jadallashtirish” nomli tahliliy hujjatda keltirilishicha, Oʻzbekiston, Ozarbayjon va Tojikiston hozirgi oʻsish surʼatlari bilan yuqori daromadli davlat maqomiga 100-yil ichida yetishi mumkin.
Taqqoslash uchun, Qozogʻiston bu marraga 30-yil ichida erishishi, Turkmaniston – 28-yil, Qirgʻiziston va Ukraina esa 70-yilda yaqinlashishi prognoz qilingan.
Hozirgi holat: 2024-yilda Oʻzbekistonda jon boshiga YAIM – 3 092 dollar.
Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev tahlili: Soʻnggi 4-yildagi iqtisodiy oʻsishni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston 2042-yilga kelib yuqori daromadli davlatlar safiga qoʻshilishi mumkin, deb hisoblamoqda.
YAIM oʻsishi (2025–2026-yillarda Jahon banki prognozi): – Oʻzbekiston: 5,9% – 2024-yil birinchi yarmi: 7,2% oʻsish qayd etilgan
Raqamlar ortidagi muammo: – Hisobotda 10-yillik oʻrtacha koʻrsatkichlar asos qilib olingan – Pandemiya davridagi pasayish bu prognozlarga kuchli taʼsir qilgan
Oʻzbekiston iqtisodiyotida oʻsish bor, lekin yuqori daromadli davlatga aylanish uchun barqaror va tezkor oʻsish, innovatsiyalar va texnologiyalarni keng joriy etish zarur.