So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Adiyamanning minglab yillik tarixiy xazinalari haqida eshitganmisiz?
Adiyaman shahri Janubi-Sharqiy Onadoʻli mintaqasida joylashgan boʻlib, Kommageniya qirolligidan qolgan chuqur tarix va madaniy merosga ega.

Shaharda Xettlar, Forslar, Rimliklar, Vizantiyaliklar va Usmoniylar kabi koʻplab sivilizatsiyalarning izlari bor. Adiyamandagi Karakush tepaligi Kommageniya qiroli Antiox I ning oʻgʻli Mitridat II onasi Isias, singlisi Antioxiya va jiyani Aka uchun qurilgan muqaddas maqbara sifatida ajralib turadi. Tepalik sharqiy, gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy tomondan taxminan 9 metr balandlikdagi dor ustunlarining toʻrtta guruhi bilan oʻralgan. Tepasida burgut tasvirlangan ustun boshqalaridan koʻra mustahkamroq boʻlib, uni “Karakuş” (Qora qush) maqbarasi deb atashadi.
Jendere koʻprigi
Jendere koʻprigi Kahta daryosi ustida qurilgan boʻlib, 120 metr uzunlik, 7 metr kenglikka ega va 92 ta yirik toshdan barpo etilgan ikki qismli ulkan meʼmoriy inshootdir. Koʻprik Rim imperatori Septimius Severus tomonidan milodiy 193-211-yillarda qurilgani maʼlum. Ustunlardan biri Septimius Severus xotirasiga, qolganlari uning rafiqasi Yuliya Domna va uning oʻgʻillari Karakalla hamda Geta xotirasiga oʻrnatilgan. Getaga tegishli ustun uni oʻldirgan va ukasiga tegishli hamma narsani yoʻq qilishga uringan imperator Karakalla tomonidan vayron qilingan.
Arsameya arxeologik maydoni
Arsameya arxeologik yodgorligi Kommageniya qirolligining yozgi maʼmuriy markazi sifatida ham tanilgan. Arxeolog Fridrix Karl Doʻrner tomonidan olib borilgan qazishmalar natijasida bu joy marosim va ibodat joyi ekanligi aniqlandi. Janub qismida Mitraning oʻyib ishlangan haykali, marosim maydonida Antiox va Geraklning qoʻl berib koʻrishgani tasvirlangan stela, Antiox yozuvi, yerdan 158 metr pastga choʻzilgan tunnel va maydonning gʻarbida xuddi shunday qoya tunnel joylashgan.
Nemrut togʻi
Nemrut togʻi dunyodagi eng baland ochiq osmon osti muzeylaridan biri boʻlib, 1960-yilda turk fotografi Ara Guler tomonidan Germaniyaning Der Stern jurnali uchun olingan fotosuratlari bilan xalqaro maydonda shuhrat qozondi. Nemrut togʻi 1987-yildan beri YUNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan va 1988-yilda Milliy bogʻ deb eʼlon qilingan. U Kommagene qirolligi davrida barcha din va madaniyatlarni bir tom ostida birlashtirish uchun qurilgan, deb taxmin qilinadi.
Maʼlum boʻlishicha, Shoh Antiox shu yerda vafot etgan va Nemrut togʻidagi katta tepalik ostiga dafn etilgan. U yerda yunon tilida yozilgan 237 qatorli uzun kult yozuvi (Nomos) ham mavjud. Choʻqqida sharqiy, gʻarbiy va shimoliy teraslar ham joylashgan. Nemrut togʻi miloddan avvalgi 1-asrda Sharq va Gʻarb sivilizatsiyalarining uchrashadigan joyiga aylandi. Aytishlaricha, gʻarbiy va sharqiy ayvonlarni bogʻlaydigan 180 metr uzunlikdagi Shimoliy Ters marosim yoʻli boʻlgan.
Kizilin koʻprigi va qoya qabrlari
Kizilin koʻprigi Rim davrida Kommageniya sivilizatsiyasi tomonidan qurilgan boʻlib, uzunligi 155 metr, kengligi 8 metr va yer sathidan 31 metr balandda joylashgan. U silliq toshdan qurilgan. Furot qirgʻogʻidagi Kizilin kanyoni 200 gektarlik maydonga choʻzilgan boʻlib, 300 ga yaqin gʻorlarga ega. Bu hudud tabiiy goʻzalligi va qadimiy madaniyati bilan tilllarda doston, bir vaqtning oʻzida ham madaniy, ham ekologik turizmni taqdim etadi.
Perre qadimiy shahri va qoya qabrlari
Kommageniya qirolligining yirik shaharlaridan biri boʻlib, Rim davrida muhim karvonsaroy va dam olish maskani sifatida mashhur boʻlgan. Bu hududda 200 dan ortiq qoya qabrlar bor. Ushbu qadimiy nekropol va uning atrofi Kommagen davrida muhim aholi punkti boʻlgan hamda Rim davrida oʻzining eng yuqori choʻqqisiga chiqqan.
Gerger kanyoni
Furot daryosi va Otaturk toʻgʻoni suv ombori oʻrtasida joylashgan Gerger kanyoni dam olishni va tabiat qoʻynida vaqt oʻtkazishni istaganlar uchun ayni muddaodir.
“Harfane kechalari” tashrif buyuruvchilarni jalb qilishga tayyor
Adiyamanda faqat oʻyin-kulgi, yegulik va ichimlikdan iborat boʻlmagan “Harfane kechalari” tarixan goh turli kasb egalarini, gohida shahar elitasini bir joyga toʻplagan anʼanalardan biridir. Odatda uylarda oʻtkazilsa-da, baʼzan mavsumga qarab bogʻlarda yoki mevali daraxtlar ostida, yaʼni ochiq havoda tashkil etilgan. Mazali mahalliy taomlarni oʻz ichiga olgan ushbu kechki ziyofatli marosimlar qoʻshiq-kuylar va suhbat tarzida oʻtkazilmoqda..



