So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Mudofaa vaziri bajarilgan ishlar yuzasidan Prezidentga hisobot berdi
26-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan axborot berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Prezident Mudofaa vaziriga qoʻyilgan vazifalar bajarilishi va qoʻshinlarning jangovar shayligini va qobiliyatini oshirish, ularni zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan taʼminlash, serjantlar korpusining faoliyatini takomillashtirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida hisobotini tingladi.

Xususan, qisqa vaqt ichida qoʻshinlarning jangovar shayligini oshirish va harbiy xizmatchilarni tayyorlash, harbiy qismlar va boʻlinmalarda harbiy intizomni mustahkamlashga doir normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi.
Qoʻshinlarni boshqarishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish hamda aloqa tizimini takomillashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar qayd etildi.
Qurolli Kuchlar tuzilmasini takomillashtirish, milliy armiyani zamonaviy qurol-aslahalar va harbiy-texnik vositalar bilan taʼminlash hamda mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish zarurligi taʼkidlandi.
Yakunda Prezident tomonidan Qurolli Kuchlar faoliyatini yanada takomillashtirish va mamlakatning mudofaa qobiliyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha topshiriqlar berildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir