So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“BAT Uzbekistan” kompaniyasi rahbariyatiga Oʻzbekistondagi birinchi “yashil energiya” sertifikatlari rasman topshirildi
Xabaringiz bor, Oʻzbekistonda qariyb 30-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan “BAT Uzbekistan” AJ qoʻshma korxonasi (UZBAT) birja savdolari orqali “Oʻzbekgidroenergo” AJning 2000 dona “yashil energiya” sertifikatlarini xarid qilgan edi.
“Yashil energiya” sertifikati qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi elektron hujjat hisoblanadi.

23-fevral kuni Samarqand shahrida “BAT Uzbekistan” kompaniyasi rahbariyatiga Oʻzbekistondagi birinchi “yashil energiya” sertifikatlari rasman topshirildi. Tadbirda “Oʻzbekgidroenergo” AJ Transformatsiyani amalga oshirish ofisi rahbari Pahlavon Nurmatov ishtirok etdi.
Aytish lozimki, 2000 dona yashil energiya sertifikatini xarid qilgan “BAT Uzbekistan” kompaniyasi oʻz mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun joriy yilning yanvar va fevral oylarida ishlatgan elektr energiyasining 100% qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqarilganligini tasdiqlaydi.

Tadbir davomida Jamiyatda olib borilayotgan transformatsiya jarayonlari, barqaror rivojlanish boʻyicha erishilgan yutuqlar hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari hajmini oshirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar toʻgʻrisida fikr almashildi.
Shuningdek, “BAT Uzbekistan” kompaniyasi vakillari tomonidan barqaror rivojlanish, ijtimoiy, ekologik yoʻnalishlarda erishilgan yutuqlar boʻyicha taqdimot qilindi.


Maʼlumot uchun: I-REC (Xalqaro qayta tiklanuvchi energiya manbalarini sertifikatlash tashkiloti) sertifikatlari GHGP, CDP, RE100, ISO va boshqalar kabi barqaror rivojlanishning xalqaro standartlariga muvofiq beriladi. Elektr energiyasi isteʼmolchilari ulardan ushbu standartlar talablariga javob berish, shuningdek korporativ ijtimoiy javobgarlik sohasidagi maqsadlariga erishish uchun foydalanishlari mumkin.
Shuningdek, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga hissa qoʻshish imkonini beradi. Bu, oʻz navbatida, ularning ekologik nufuzini yaxshilashga va yangi isteʼmolchilarni jalb qilishga yordam beradi. Shu bilan birga, eksport kompaniyalari uchun yangi bozorga kirish, oʻz mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro bozor talablariga muvofiqlashtirish hamda belgilangan bojxona imtiyozlariga ega boʻladi.