So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Respublika ishchi guruhi hal etilmagan murojaatlarni qayta koʻrib chiqmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi oʻz faoliyatini Samarqand viloyatida davom ettirmoqda.
Ishchi guruhiga Prezident maslahatchisining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi rahbari U.Muhammadiyev boshchiligida Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari xodimlari, vazirlik va idoralar masʼullari jalb etildi.
Mutasaddilarning asosiy eʼtibori viloyat boʻyicha aholidan eng koʻp shikoyatlar kelib tushayotgan masalalarga tezkorlik bilan yechim topishga, tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon - obod koʻcha - obod mahalla” mezonlarini joriy etish boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarni tahlil qilishga qaratildi.
Murojaatlarni oʻrganish borasida 21 ta vazirlik va idora vakillari tomonidan bir hafta davomida Samarqand viloyatida 7 mingda ziyod masalalar qayta oʻrganilib, natijada, ularning 1,4 mingtasi ijobiy hal etildi.
Jumladan, tibbiy yordam, order olish, maktabgacha va maktab taʼlimi, suyultirilgan gaz, elektr taʼminoti, qurilish, kommunal va boshqa qator sohalardagi murojaatlarga yechim topildi.
Bundan tashqari, Xalq qabulxonalari boshchiligida viloyat, tuman, shahar sektorlari bilan 82 ta sayyor qabul tashkil etildi. Qabullarda 2 mingga yaqin masala koʻtarildi. Ularning 30% ga yaqini ijobiy hal etildi, qolgan qismi esa ijro uchun nazoratga olindi.
Misol uchun, murojaatlar asosida Samarqand viloyati jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan ozodlikdan mahrum qilish va axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtayotgan 21 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi, 2 nafar mahkumning oʻtalmay qolgan jazosi yengilrogʻi bilan almashtirildi, 6 ta jinoyat ishi boʻyicha 6 nafar shaxslar sud zalidan qamoqdan ozod qilindi.Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 7 ta fuqarolik ishi taraflar yarashganligi munosabati bilan ish yuritishdan tugatildi.
Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlar tomonidan xususiy tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, kichik biznes subyektlari daʼvogarligida 10 ta ish boʻyicha jami 949,2 mln soʻm tadbirkorlik subyektlari foydasiga undirildi.
Shu bilan birga, qabullarda kelib tushgan murojaatlar asosida 11 km ichki yoʻllar shagʻallashtirildi, 20 ta yangi transformator taʼmirlandi yoki yangisiga almashtirildi, 10 km uzunlikdagi yangi elektr tarmogʻi tortildi, 130 ta suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi, 22 tonna koʻmir yetkazib berilib, 3 ta ichimlik suvi inshooti taʼmirlandi, 27 tonna chiqindilar chiqarib tashlandi.
Respublika ishchi guruhi eʼtibori markazida boʻlgan yana bir muhim yoʻnalishlardan biri mahallalarda “Obod xonadon - obod koʻcha - obod mahalla” mezonlarini joriy etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar boʻldi.
Samarqand viloyatida 2024-yil 1-chorak davomida “Obod xonadon-obod koʻcha-obod mahalla” mezonlari asosida qurilish taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari olib boriladigan 4 ta, jumladan, Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Melixoʻja”, Ishtixon tumanidagi “Qiyot”, Pastdargʻom tumanidagi “Goʻzalkent” hamda Toyloq tumanidagi “Tepa qishloq” mahallalari tanlab olingan.
Dastur doirasida aholini uzluksiz suyultirilgan gaz bilan taʼminlash uchun 1,5 ming tonnaga yaqin qoʻshimcha suyultirilgan gaz yetkazildi, 17 km elektr tarmogʻi tortildi hamda 623 ta temir-beton ustunlar oʻrnatildi, 15 ta gaz taqsimlash punkti taʼmirlandi, 54 km ichki yoʻllar shagʻallashtirildi, 7 km ichimlik suvi tarmogʻi tortildi, 8 ta ichimlik suvi nasoslari yangisiga almashtirildi, 2 ta suv minorasi taʼmirlandi, tizimdagi nosozliklar bartaraf etildi. Kommunal, qurilish sohasida jami 31 ta koʻp qavatli uylarda va 2 ta issiqlik qozonxonalarida taʼmirlash ishlari olib borildi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan mahallalar aholisi uchun tibbiy koʻriklar tashkil etildi. Natijada, 337 nafar bemorlarga ambulator sharoitda davolanishga tavsiya berildi, 103 nafar bemorlarga tuman, shahar va viloyat muassasalarida davolanish va tekshiruvlar uchun yoʻllanma berildi.
Bandlik masalasida 1 ming 300 nafar fuqaroga amaliy yordam berildi. 661 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 202 nafari jamoat ishlariga jalb etildi, 366 nafar fuqaro kasb-hunarga oʻqitishga jalb etildi. Tijorat banklari tomonidan 35 nafar fuqarolariga 334 mln soʻm miqdorida kreditlar ajratilishi taʼminlandi.
Mahallalar va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda olib borilgan profilaktik suhbatlar va chora-tadbirlar natijasida 85 ta oilalar yarashtirildi.