So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Oʻzbekistonda Markaziy Osiyodagi birinchi eko-universitet — “Green University” ochildi
Universitet davlat oliy taʼlim muassasasi boʻlib, “Hub and Spoke” tamoyili asosida faoliyat olib boradi.
10-fevral kuni Toshkent viloyatida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (“Green University”)ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda IUCN bosh direktori Gretel Agilar, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va Markaziy Osiyo davlatlari ekologiya vazirlari, xalqaro tashkilotlar vakillari, mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Ochilishda nutq soʻzlagan Gretel Agilar “Green University”ning mintaqadagi ekologik muammolarni hal qilishdagi oʻrni alohida ekanligini taʼkidladi.
“Oʻzbekiston hukumatini ekologik yetakchilik va taʼlimni rivojlantirishga xizmat qiladigan yirik mintaqaviy tashabbus - «Central Asian Green University” ochilishi bilan tabriklaymiz.
Ushbu universitet biologik xilma-xillikning yoʻqolishi, iqlim oʻzgarishi va ifloslanishning uch karra sayyoraviy inqirozini hal qilishda yordam beradi. Ekologik taʼlim orqali universitet boy tabiatga ega mintaqani asrashga xizmat qiladi», — dedi u.
Bu yerda talabalarning bilim olishi uchun soʻnggi texnologiyalar bilan jihozlangan xonalar, keng kutubxona, darsdan tashqari vaqtda shugʻullanish uchun sport zali va boshqa qulayliklar yaratilgan.
Maʼlumot uchun, “Green University” Prezidentning 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida tashkil etilgan.
Maqsad mahalliy, mintaqaviy va global ekologik muammolarni samarali boshqarish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy va intellektual salohiyatni amalga oshirishda innovatsion gʻoyalar, amaliyot va texnologiyalarni joriy etishdir. Universitet davlat oliy taʼlim muassasasi boʻlib, “Hub and Spoke” tamoyili asosida faoliyat olib boradi.
Ushbu model strategik va oʻzaro manfaatli hamkorlikka, yaxlit oʻquv tizimini yaratishga, resurslarni optimallashtirishga, talabalar va mutaxassislarning harakatchanligiga asoslanadi, shuningdek, mahalliy mutaxassislar salohiyatini oshirish, bilim va tajriba almashishga yordam beradi.
Hozirgi kunda hamkorlik uchun universitetga Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, AQSH va boshqa davlatlar xalqaro universitetlarining turli professorlarini faol jalb etmoqda.