So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Bayden Netanyaxu bilan aloqani uzmoqchi
.jpg)
AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxudan tobora uzoqlashmoqda, deb yozmoqda The Washington Post nashri.
Nashrning maʼlum qilishicha, Baydenning oʻzi uzoq vaqt davomida Isroil tarafdori boʻlgan va Netyanaxuni 40-yildan ortiq bilishi bois, Gʻazo sektoriga boʻlgan hujumni hech qachon qoralamagan va bunday masalalarni omma oldida muhokama qilmagan.
Biroq Isroil rasmiylari Bayden maʼmuriyatining amaldorlarini muntazam ravishda omma oldida kamsitib, doimiy ravishda AQSH talablarini bajarishdan bosh tortib kelgan.
Masalan, AQSH Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha muzokaralar olib borishga urinayotgan bir paytda, bir hafta oldin Netanyaxu buni qilish niyatida emasligini aytib, uni ochiqchasiga qoralagan edi.
Shuningdek, u Isroil armiyasi Gʻazo sektoridagi Rafah shahriga kirishini aytdi, lekin amerikalik rasmiylar bunga qarshi chiqdi va u yerda hozir deyarli bir yarim million falastinlik qochqinlar borligini eslatdi.
Bundan tashqari, Isroil bosh vaziri toʻliq gʻalaba qoʻlga kiritilmaguncha janglarni toʻxtatmasligini aytdi, garchi amerikaliklar mintaqada HAMAS guruhini butunlay yoʻq qilishning iloji yoʻqligiga ishonchi ortib borayotgan boʻlsa ham.
Shu bilan birga, tahlilchilar Netanyaxu oʻzining siyosiy omon qolishi haqida qaygʻurayotganini va hech qanday ommaviy bayonotlar unga taʼsir qilmasligini taʼkidlamoqda.
Shu munosabat bilan Bayden Isroilni Gʻazo sektoridagi harakatlarini qoʻllab-quvvatlashni va Netyanaxu bilan koʻp yillik doʻstona munosabatni maʼlum bir muddatga toʻxtatishga qaror qildi.




Izohlar 1
