So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Prezidentlar rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara oʻtkazdilar
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko tor doirada hamda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara oʻtkazdilar.
Shavkat Mirziyoyev uchrashuvni ochar ekan, keyingi yillarda Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlar sifat jihatidan yangi, yanada yuqori bosqichga koʻtarilganini alohida taʼkidladi.

Hukumat rahbarlari, parlamentlar, vazirlik va hududlar darajasidagi faol aloqalarni davom ettirish muhimligini qayd etishdi. Tomonlar xalqaro tuzilmalar, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH, SHHT doirasidagi siyosiy muloqot va oʻzaro qoʻllab-quvvatlashni davom ettirishga ahdlashib oldilar. Hukumatlar oldiga savdo-iqtisodiy koʻrsatkichni yaqin yillarda 1 milliard dollardan ziyodga yetkazish vazifasi qoʻyildi.
Shu maqsadda qoʻshma tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish, eksport-import yetkazib berishni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari va mahsulotlarni sertifikatlashtirish elektron tizimini joriy qilish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, tomonlar yuk tashish uchun qulay sharoit yaratish, xalqaro avtomobilda tashuvchilarni tayyorlash, Janubiy Osiyoning katta bozorlariga eltuvchi multimodal koridorlardan samarali foydalanishga kelishib oldilar. Muzokaralarda davlat rahbarlari kooperatsiyaning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdilar.
Yigʻilishda rasmiy delegatsiyalar aʼzolarining hisobotlari, muzokaralar kun tartibidagi masalalar yuzasidan aniq takliflari tinglandi.
Uchrashuvlar yakunida qabul qilingan qarorlar va imzolangan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻshma “yoʻl xaritasi”ni tayyorlash va qabul qilish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir