So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Pul baxt olib kelmaydi. Olimlar yuqori daromadsiz ham baxtli boʻlish mumkinligini isbotlashdi
Izolyatsiya qilingan qabilalar vakillari rivojlangan mamlakatlar aholisidan koʻra baxtliroq yashashlari isbotlandi.
Ispaniyaning Barselona avtonom universiteti olimlari moddiy boylikdan qatʼiy nazar baxtli hayot kechirish mumkinligini isbotlashdi. Tadqiqot natijalari Proceedings of the National Academy of Sciences (PNAS) jurnalida chop etildi.
Butun dunyoda iqtisodiy oʻsish kam daromadli mamlakatlarda odamlar farovonligini oshirishning eng ishonchli yoʻlidir, degan fikr keng tarqalgan.
Darhaqiqat, yaqinda oʻtkazilgan global tadqiqotlar ushbu strategiyani qoʻllab-quvvatlab, yuqori daromadli mamlakatlardagi odamlar kam daromadli mamlakatlardagi odamlarga qaraganda oʻz hayotlaridan koʻproq qoniqishlarini koʻrsatmoqda.
Biroq, yangi tadqiqotga koʻra, farovonlikning asosiy omillari boʻyicha soʻrovda dunyoning 19 tub aholisining 2966 nafar vakili ishtirok etdi. Ular oʻz daromadlari haqida maʼlumot berib, hayotdan qoniqishlarini 10 balli tizimda baholadilar.
Natijalar shuni koʻrsatdiki, izolyatsiya qilingan qabilalar vakillari rivojlangan mamlakatlar aholisidan koʻra baxtliroq yashashlari isbotlandi.
Shunisi eʼtiborga loyiqki, respondentlarning aksariyati umuman daromad manbaiga ega emas va hayot uchun zarur boʻlgan minimal mablagʻ bilan qanoatlanadi.
Bundan tashqari, soʻrovda qatnashgan bir necha millat vakillarining hayotdan qoniqish darajasi oʻrtacha sakkiz balldan oshdi. Ushbu natijalar pul baxtda emasligini tasdiqlaydi.