So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Alisher Usmonov yana sudda yutqazdi
Milliarder Alisher Usmonov Yevropa umumiy yurisdiksiya sudida oʻziga qarshi sanksiyalarni bekor qilish boʻyicha daʼvo arizasida yutqazdi.
«U Rossiya hukumatining Ukrainani beqarorlashtirish siyosatini faol qoʻllab-quvvatladi», — deyiladi Yevropa Ittifoqi oʻzining sanksiyalar qarorida.
Yevropa sudi, shuningdek, Rossiya bosh vazirining sobiq birinchi oʻrinbosari Igor Shuvalovning ham xuddi shunday shikoyatini rad etdi.
Yevropa Ittifoqi uni Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazuvchi harakatlar va siyosatlarni qoʻllab-quvvatlovchi sifatida tavsifladi.
Eslatib oʻtamiz, Alisher Usmonov urush boshlanganidan bir necha kun oʻtib Yevropa Ittifoqining shaxsiy sanksiyalari ostida qolgan. Yevropa Ittifoqi oʻz qarorini izohlar ekan, Usmonovni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqin aloqaga ega deb taʼrifladi.
2022-yil kuzida Germaniya prokuraturasi Rottax-Eggern shahrida, Gamburgdagi Dilbar yaxtasida, shuningdek, Usmonovning doʻsti oilasining Frankfurt-Mayn yaqinidagi kvartirasida tintuv oʻtkazdi. May oyida Frankfurt sudi ushbu tintuvlarning bir nechtasini noqonuniy deb eʼlon qildi (ular pul yuvish ishi bilan bogʻliq).
Shuningdek, Frankfurt-Mayn sudi tergov doirasida Usmonovdan Germaniyada olib qoʻyilgan hujjatlar va mol-mulkning Bosh prokuratura tomonidan saqlanishini noqonuniy deb topdi. Germaniya huquq-tartibot idoralariga mulkni Usmonovga qaytarish haqida buyruq berildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir