So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Prezident elektromobil tarmogʻini rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-fevral kuni elektromobil ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari boʻyicha taqdimot bilan tanishdi.
Joriy yil yanvarda Xitoyga davlat tashrifi chogʻida Prezident “BYD” kompaniyasining bosh qarorgohida boʻldi. Ushbu kompaniya bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillarni yigʻish boʻyicha loyiha boshlandi.

Kompaniya rahbari bilan muzokara chogʻida yaqin istiqbolda ishlab chiqarish quvvatini yiliga 500 ming donagacha yetkazish boʻyicha fikr almashilgan.
Qayd etilishicha, soʻnggi uch yilda Oʻzbekistonda elektromobillar sotuvi 10 barobar koʻpaygan. 2023-yilda import qilingan avtomobillarning 35 foizini elektromobil va gibridlar tashkil qilgan.

Shu bois Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga bu yoʻnalishdagi marralarni kengroq olib, loyihalarni jadallashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. “BYD” kompaniyasi hamkorlarini jalb qilib, elektromobillar uchun butlovchi qismlarni oʻzlashtirish zarurligi taʼkidlandi.
Turin politexnika instituti, muhandislik markazlari, ilmiy institut va laboratoriyalarni oʻzaro bogʻlaydigan yaxlit tizim yaratish vazifasi qoʻyildi. Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini rivojlantirish boʻyicha dastur ishlab chiqilishi belgilandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir