So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Buyuk Britaniya qiroli Charlz IIIʻda saraton kasaligi aniqlandi
Bukingem saroyi qirol Charlz IIIda saraton kasalligi aniqlanganini maʼlum qildi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Charlz III prostata bezi bilan bogʻliq tibbiy muolajadan oʻtgan. Aynan shu vaqtda unda saraton kasalligi borligi aniqlangan va bu prostata bilan bogʻliq emas.

(Bukingem saroyining qirol Charlz III boʻyicha eʼlon qilgan bayonoti)
Qirol saraton kasalligidan davolanishni 5-fevralda boshlagan. Taʼkidlanishicha, u shifoxonaga yotqizilmaydi, balki ambulator sharoitda davolanadi.
“Bugun Janobi Oliylari muntazam davolash dasturini boshladilar. Shifokorlar unga hozirda hech qanday davlat vazifasini bajarmaslikni tavsiya qilishdi”, — deyiladi bayonotda.
Charlz III shifokorlarga oʻz vaqtida tashxis qoʻygani uchun minnatdorchilik bildirdi va optimist ekanini, imkon qadar tezroq tuzalib, xizmatga qaytishga umid qilishini aytdi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir