So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Seul Saudiya Arabistoniga qurol-yarogʻ yetkazib beradi. Ar-Riyod Gʻarb bilan aloqani butunlay uzmoqchi
Kecha, 4-fevral kuni Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni mudofaa sohasidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Bu haqda Reuters nashri DAPAʻga tayanib xabar bermoqda.
Kelishuvga koʻra, tomonlar mudofaa sohasidagi hamkorlikni davom ettirish uchun qurol tizimlarini tadqiq qilish, ishlab chiqish va ishlab chiqarish boʻyicha ishchi guruh tuzish uchun qoʻshma qoʻmita tuzadi.
Ushbu kelishuvda Ar-Riyodga Butunjahon mudofaa koʻrgazmasi uchun tashrif buyurgan mudofaa vaziri Shin Von-sik va uning saudiyalik hamkasbi Xolid bin Salmon Ol Saud ishtirok etgan.
«Mudofaa sohasidagi hamkorlik uchun asos yaratildi, bu kelajakka yoʻnaltirilgan strategik sheriklikni ifodalaydi», — dedi Janubiy Koreya Mudofaa vaziri.
Koreya Savdo-sanoat palatasi maʼlumotlariga koʻra, 2013-yildan 2022-yilgacha Yaqin Sharqqa qurol eksporti qariyb oʻn baravar koʻpaygan.
Soʻnggi yillarda Janubiy Koreyaning Hanwha, Poongasan va LIG Nex 1 kompaniyalari Saudiya Arabistoni bilan koʻplab raketa tizimlari, oʻq-dorilar va elektro-optik tizimlar uchun umumiy qiymati qariyb 989 million dollarlik shartnomalar tuzdi.
Xalqaro Strategik Tadqiqotlar Instituti (IICC) hisobotida aytilishicha, arab davlatlari Gʻarb davlatlaridan qurol-yarogʻ sotib olishni butunlay toʻxtatish uchun, Seul bilan hamkorlik qilishga intilmoqda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir