So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Surxondaryoda xotinini tandirda yoqib yuborgan erkak 19-yilga qamaldi

Surxondaryoda xotinini vahshiylarcha tandirda yoqib yuborgan erkak 19-yilga qamaldi. Bu haqda “Bugun.uz” internet nashri xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, 54 yoshli erkak chet elga chiqib ketishga ulgurmasidan qoʻlga olingan. Oʻtgan yilning avgust oyida Surxondaryoda 54 yoshli erkak oʻzining 33-yillik turmush oʻrtogʻi bilan kelib chiqqan janjal oqibatida uni yonib turgan tandirga tashlab, vaxshiylarcha qotillik sodir etgan.
Birozdan soʻng uyiga kelgan ustalar badboʻy hid qayerdan kelayotganini soʻrashganida esa eski lattalarni yoqib yuborganini aytgan va oʻzi qizil pasportini olib uydan chiqib ketgan. Bir necha soatdan soʻng esa kelini uyga kelgan va u ham badboʻy hid qayerdan kelayotganini va qaynonasi qayerdaligini soʻragan.
Holatdan shubhalangan kelin darhol tandirga yugurgan va ustalardan yordam soʻrab, IIBga xabar qilgan. Shundan soʻng, chet elga chiqib ketishga ulgurmay qolgan er qoʻlga olingan.
Holat yuzasidan boʻlib oʻtgan sud majlisida er xotini u bilan ajrashmoqchi ekanini aytgach, jahli chiqib ketganini qilmishidan pushaymon ekanini bildirgan.
Shuningdek, sudda ishtirok etgan farzandlar otalari doimiy ravishda mast holatda janjal qilib kelganini, uni aslo kechirmasliklarini bildirgan.
Sud erkakni Jinoyat kodeksining 97-moddassi (qasddan odam oʻldirish) bilan aybdor deb topgan va unga nisbatan 19-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Shuningdek, jazoning dastlabki 3-yilini turmada, qolgan qismini umumiy tartibli koloniyada oʻtash belgilangan.



