So`ngi yangiliklar
AQSHda Charli Kirk suiqasdida gumonlanuvchining surati e’lon qilindi
O‘zbekistonda 27 ming gektardan ziyod maydon dala yong‘inlarida zarar ko‘rdi
Qozog‘istondagi portlashda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Omsk gubernatori Jizzaxga keldi
Uchrashuv davomida Aleksandr Burkov ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik sifat jihatdan yuqori darajaga chiqganligini taʼkidladi.
Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Omsk viloyati gubernatori Aleksandr Burkovni viloyat hokimligida qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida Aleksandr Burkov ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik sifat jihatdan yuqori darajaga chiqganligini taʼkidladi.
Burkov joriy yilning 25-aprelida imzolangan “Omsk viloyati hukumati va Jizzax viloyati hokimligi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirish boʻyicha kelishuv” kelgusi hamkorlik aloqalarini rivojlanishida muhim rol oʻynashini taʼkidladi.
Omsk viloyatida rivojlangan sohalar mashinasozlik, kimyo sanoati, kishloq xoʻjaligi ekanligi hamda Jizzax viloyatining bu sohalarda salohiyati yuqoriligini hisobga olib, Omsk tomoni ushbu sohalarda qoʻshma loyihalar amalga oshirish boʻyicha choralar koʻrishga va hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Omsk viloyati delegatsiyasi aʼzolari IT Park Jizzax viloyati filiali faoliyati va yaratilgan shart-sharoitlari bilan tanishishdi.
Tashrifning ikkinchi kunida “Jizzax” EIZda joylashgan “ADM Jizzakh” MCHJ, “Jizzax kenteks” MCHJ, “BMB-NRC Agrologistics” MCHJ QK, “Bonu shirinliklari” MCHJ korxononalarida ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulotlari bilan yaqindan tanishilib, maʼlumotlar olindi.
“Jizzax” EIZ direksiyasi binosida Omsk viloyati delegatsiya aʼzolari oʻrtasida biznes-forum hamda Jizzax viloyati tadbirkorlari hamda Omsk viloyati biznes delegatsiya aʼzolari oʻrtasida B2B uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
“Yakunda Omsk viloyati iqtisod vaziri A.Negoduyko oʻzbek xalqiga mehmodoʻstlik uchun minnatdorchilik bildirdi va Jizzax viloyatini tadbirkorlarini Omsk viloyatiga taklif etdi”, — deyiladi xabarda.



