So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
“Burgʻilash xizmati” korxonasi mansabdor shaxslari juda koʻp miqdordagi mablagʻlarni talon-toroj qildi

Bosh prokuratura tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Burgʻilash xizmati” korxonasiga sugʻorish uchun quduqlarni burgʻilash ishlarini samarali tashkil etish uchun xalqaro dasturlar va davlat aniqlandi.
Korxona mansabdor byudjetidan ajratilgan juda koʻp miqdordagi mablagʻlari talon - toroj qilinganligi shaxslari tomonidan Yevropa Ittifoqining byudjetni qoʻllab - quvvatlash dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan 2022-yil may oyida 1 mlrd. 148 mln. soʻmni “L.I.C.” MCHJga “Infinity QX80” rusumli transport vositasini sotib olish maqsadida oʻtkazib berishib, ushbu mablagʻlarni talon - toroj qilishgan.
Korxonaning moliyaviy xoʻjalik faoliyati yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganishda, 2022 - 2023-yillarda 1 mlrd. 569 mln. soʻm byudjet mablagʻlari talon – toroj qilinganligi aniqlangan.
Shundan, korxona sobiq direktori I.S.ga 2022 - 2023-yillarda 100 mln. soʻm, sobiq direktor X.M.ga 2023-yil aprel oyidan sentyabr oyiga qadar boʻlgan davrda 139 mln. soʻm asossiz ravishda ustama mablagʻlari toʻlab berilib, byudjet mablagʻlari talon - toroj qilingan.
Korxona mansabdor shaxslari va boshqalar 2022 - 2023-yillarda tuzilgan 18 ta qiymati 197 mln. soʻmlik shartnomalar boʻyicha mahsulotlar yetkazib berilmagan boʻlsada, mahsulotlar yetkazib berilganligi toʻgʻrisida soxtalashtirilgan hisob - fakturalar rasmiylashtirilish yoʻli bilan byudjet mablagʻlari talon – toroj qilishgan.
Shuningdek, korxona mansabdor shaxslari va boshqalar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi 441 - sonli qarori ijrosi yuzasidan loyihalarga ajratilgan mablagʻlardan 2021 - 2023-yillarda kelib tushgan avans va foizlar toʻlovlari hisobidan 1 mlrd. 168 mln. soʻmini maxsus hisobraqamiga qaytarmasdan asossiz ravishda boshqa maqsadlarga sarflab yuborilgan.
Korxona mansabdor shaxslari mansab vakolatini suiisteʼmol qilib, 2023-yilda 187,2 mln. soʻmlik kabel va gel mahsulotlarini “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga zid ravishda toʻgʻridan - toʻgʻri tanlovsiz xarid qilib, davlat manfaatlariga zarar yetkazishgan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Burgʻilash xizmati” korxonasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 - moddasi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.



