So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Fransiyalik fermerlar Parijni toʻliq blokadaga olmoqchi

Fransiyaning “Jeunes Agriculteurs” fermerlar uyushmasi poytaxtga har qanday mahsulot yetkazib berilishining oldini olish maqsadida Parij va uning chekka hududlarini toʻliq blokadaga olmoqchi, dedi BFMTV telekanalida tashkilot vakili Maksim Buizard.
«Biz usullarimizni oʻzgartirib, Parijga birorta ham yuk mashinasi oʻtkazmaslikni rejalashtirdik», - deydi u.
Buizardning soʻzlariga koʻra, blokada dushanba kuni kechqurun boshlanadi va fermerlar u yerda mahsulot tanqisligi yuzaga kelishi uchun shaharga olib boruvchi yoʻllarni toʻsib qoʻyishadi.

«Bu avvalgidek 12 yoki 15 soatlik operatsiya emas, balki kamida besh kun davom etadigan aksiya boʻladi, bu esa Parij aholisiga yashash uchun fermerlar kerakligini va poytaxt oʻzini oʻzi taʼminlamasligini tushuntiradi», dedi u.
Jeunes Agriculteurs vakilining qoʻshimcha qilishicha, bunday miqyosdagi blokadaga tayyorgarlik koʻrish vaqt talab etadi, shuning uchun kasaba uyushmasi hafta oxiri norozilik namoyishlarini toʻxtatadi.
U, shuningdek, bir kun avval bosh vazir Gabriel Attal tomonidan taklif qilingan chora-tadbirlarni yetarli emas va fermerlar noroziliklari koʻlamiga mos kelmasligini aytdi.



