So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Namanganda Adliya kutubxonasi tashkil etildi
Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Namangan viloyatidagi barcha mahallalarda huquqiy targʻibot tadbirlari muntazam tarzda oʻtkazilib, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni hal etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shu jumladan, mahallalarda oʻtkazilayotgan “Sayyor qabul” va “Men mahallam huquqshunosiman” shiori ostidagi tadbirlar mahalla ahlini huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilmoqda.


Bu gal adliya boshqarmasi boshligʻining tashabbusi bilan, mahallalarda “Adliya kutubxonasi”ni tashkil etilmoqda. Dastlab, Yangi Namangan tumanidagi “Bunyodkor” mahallasida tashkil etilgan kutubxonaga huquqiy, badiiy kitoblar, shuningdek Adliya vazirligi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazida chop etilgan huquqiy qoʻllanmalardan iborat 200 dan ortiq kitoblar jamlanmasi foydalanish uchun topshirildi.


Unda, boshqarma boshligʻi ishtirok etib, kitobxonlik madaniyatini mahalladan boshlash, yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, oʻz bilim va malakalarini muntazam oshirib borishda aynan kitobga oshno boʻlish maqsadga munofiqligini taʼkidladi. Taqdim etilgan huquqiy va badiiy kitoblarni mutolaa qilib, huquqiy ongini yanada mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratish orqali fuqarolar oʻzlarining huquq sohasidagi bilimlarini oshirib borishlariga zamin yaratilganini aytib oʻtdi.

Albatta bu kabi beminnat hadyalar “Bunyodkor” mahallasi aholisini birdek mamnun etdi. Eslatib oʻtamiz, viloyatimizdagi boshqa mahallalarida ham bosqichma-bosqich “Adliya kutubxonasi” tashkil etiladi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi