So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Tramp saylov oldidan muhim gʻalabani qoʻlga kiritdi
Donald Tramp Nyu-Yorkdagi Respublikachilar partiyasining birinchi boshlangʻich saylovlarida gʻalaba qozondi.
Edison Research maʼlumotlariga koʻra, ovozlarning deyarli yarmi hisoblanganidan keyin Tramp 52,7 foiz, AQSHning BMTdagi sobiq elchisi Nikki Xeyli esa 43,7 foiz ovoz toʻplagan.
Qayd etish kerak, Nyu-Gempshirdagi praymeriz muhim hisoblanadi, chunki gʻolib butun kampaniya uchun favoritga aylanadi.
Florida gubernatori Ron DeSantis Tramp foydasiga poygadan chiqib ketganidan soʻng, 52 yoshli Nikki Xeyli 2024-yilda Respublikachilar partiyasidan oʻz nomzodini koʻrsatish huquqi uchun kurashda sobiq prezidentning yagona raqibi boʻlib qoldi.
Xeyli Trampni Nyu-Xempshirdagi gʻalabasi bilan tabrikladi, biroq u yangi prezidentlik muddatiga saylansa, mamlakatni faqat xaos kutayotganini aytdi.
«Poyga tugashiga yiroq, oldinda hali oʻnlab shtatlar bor», - deya taʼkidladi Xeyli.
Maʼlumot oʻrnida, rasmiy ravishda respublikachi nomzod partiyaning iyul oyida boʻlib oʻtadigan qurultoyida koʻrsatiladi. Saylovlarning oʻzi 5-noyabrga belgilangan. Ular Tramp va Oq uyning amaldagi rahbari Jo Bayden oʻrtasida boʻlib oʻtishi kutilmoqda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir