So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Mirziyoyev Butunxitoy qoʻmitasi Raisi Chjao Leszi bilan uchrashdi
24-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifi doirasida Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qoʻmitasi Raisi Chjao Leszi bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbatda Oʻzbekiston-Xitoy munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etilib, bu galgi tashrif har tomonlama strategik sheriklikni kengaytirishga yangi kuchli surʼat bagʻishlashiga ishonch bildirildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston texnik yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislar tayyorlash markazlarini tashkil etish, Xitoyning ijtimoiy himoya va sugʻurta, aholiga manzilli yordam koʻrsatish borasidagi tajribasini oʻrganishdan manfaatdor ekani taʼkidlandi. Parlamentlar oʻrtasidagi muloqotni kengaytirish va “Oʻzbekiston-Xitoy” doʻstlik guruhlarini faollashtirish zarurligi qayd etildi.

Oliy darajadagi kelishuvlarning amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi. Madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Oʻtgan yili Oʻzbekistonda Xitoy madaniyati kunlari oʻtkazilgani, ayni paytda Pekinda Oʻzbekiston madaniyati kunlari doirasida oʻtayotgan tadbirlar mamnuniyat bilan qayd etildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir